Şavkat Mirziyoyev OQXJ prezidentligiga saylandi
22-04-2026, 22:11
619 марта

Şavkat Mirziyoyev OQXJ prezidentligiga saylandi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2027-2029 yillarda Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi (OQXJ) prezidenti etib saylandi. Bu haqdagi qaror bugun, 22 aprel kuni jamğarma tasisçi davlatlari rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida imzolandi.Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev raisligida ötgan tadbirda Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va OQXJning Ijroiya qömitasi raisi Asxat Orazbay ham qatnaşgan.

Kun tartibiga muvofiq, Qozoğistonning 2023-2026 yillarda OQXJga raisligining natijalari sarhisob qilinib, Orol dengizi havzasida ekologiya, suv resurslarini boşqariş va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxşilaşning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.

Özbekiston Prezidenti öz nutqida Orolni qutqariş xalqaro jamğarmasi noyob mintaqaviy tuzilma sifatida faoliyat yuritib kelayotganini, Markaziy Osiyoda suv taqçilligining kuçayişiga sabab bölayotgan iqlim özgarişlari va suv istemoli köpayib borayotgan şaroitda uning roli va ahamiyati yanada ortayotganini takidlagan.

Tadbir yakunida yetakçilar Ostona bayonotini, Qozoğiston raisligining borişi töğrisida, 26 martni Xalqaro Orol dengizi, Amudaryo hamda Sirdaryo kuni deb elon qiliş töğrisida hamda Özbekiston yetakçisini 2027-2029 yillarda jamğarma prezidenti etib saylaş töğrisidagi qarorlarni imzolagan.