MDH makonida transport bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda – Mirziyoyev
10-10-2025, 18:28
112 марта

MDH makonida transport bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda – Mirziyoyev
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 10 oktyabr kuni Duşanbe şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etdi.Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon raisligida ötgan sammit işida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarusdan Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Armaniston Boş vaziri Nikol Paşinyan hamda MDH Boş kotibi Sergey Lebedev iştirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, Hamdöstlik doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirişning dolzarb masalalari körib çiqildi. Özbekiston rahbari nutqining avvalida global siyosat va iqtisodiyotdagi oldindan başorat qilib bölmaydigan jarayonlar hamda xalqaro institutlarning roli zaiflaşib borayotganiga qaramasdan, MDH özining barqarorligi, samaradorligi va zarurligini namoyiş etişda davom etayotganini takidladi.
Qayd etilişiça, ön yillar davomida yölga qöyilgan mexanizmlar va aloqalar tufayli iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalarning barça yönalişlarida yaqindan hamkorlik qilinmoqda