Tyantszin şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti tadbirlari boşlandi
31-08-2025, 18:38
238 марта
Tyantszin şahrida Şanxay hamkorlik taşkiloti tadbirlari boşlandi 31 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Tyantszin şahridagi "Meytszyan" kongress markazida Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida iştirok etdi.
Tadbirlarda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Hindiston Respublikasi Boş vaziri Narendra Modi, Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masud Pezeşkiyon, Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoğan, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Misr, Kambodja, Nepal, Armaniston hukumatlari rahbarlari hamda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş ham qatnaşdi.
Şundan söng xorijiy yetakçilarga Şanxay hamkorlik taşkilotining Tyantszin sammitiga bağişlangan kontsert dasturi namoyiş etildi.




