USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xalqimizga farzandlik ehtiromimni bildirişdan baxtiyorman – Mirziyoyev

96 марта

Xalqimizga farzandlik ehtiromimni bildirişdan baxtiyorman – Mirziyoyev 

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tuğilgan kuni munosabati bilan yöllangan tabriklarga minnatdorlik bildirdi. 

“Tuğilgan kunim munosabati bilan çin yurakdan muborakbod etib, özlarining samimiy qutlovlari va ezgu tilaklarini bildirgan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro taşkilotlar yetakçilariga, taniqli siyosat va jamoat arboblari, işbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mehnat jamoalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar va yoşlar taşkilotlari faollariga, tadbirkorlarimizga, mamlakatimiz va çet ellardagi barça vatandoşlarimizga çuqur minnatdorlik izhor etaman”, deydi Mirziyoyev.

U özining nomiga yöllangan uşbu tabrik va tilaklarni, avvalo, köpmillatli Özbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, dunyo hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikda amalga oşirayotgan keng kölamli islohotlarga, yoruğ kelajakka işonç va etibor ifodasi sifatida qabul qilişini bildirgan.

“Barça taşabbus va dasturlarimizni doimo qöllab-quvvatlab kelayotgan mard va olijanob xalqimizga yana bir bor çin dildan farzandlik mehrim va ehtiromimni bildirişdan baxtiyorman.
Işonçim komil, el-yurtimizning ulkan yaratuvçilik mehnati, azmu şijoati bilan Yangi Özbekistonni barpo etiş va uni jahondagi taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib çiqiş böyiça öz oldimizga qöygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Malumot uçun, keça, 24 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 68 yoşga töldi.  Şu munosabat bilan quyidagilar Prezident Mirziyoyevga öz tabriklarini yölladi:
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,
  • Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin,
  • Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev,
  • Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon,
  • Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,
  • Turkman xalqining milliy yetakçisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,
  • Belarus Respublikasidan Aleksandr Lukaşenko,
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan,
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,
  • Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon,
  • Möğuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux,
  • Yevropa Kengaşi Prezidenti Antoniu Koşta,
  • Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,
  • Italiya Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Jorjiya Meloni,
  • Sloveniya Respublikasi Prezidenti Nataşa Pirts Musar,
  • Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuçiç,
  • Birlaşgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Boş vaziri örinbosari, Prezident devoni raisi Şayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon,
  • Birlaşgan Arab Amirliklari Boş vaziri örinbosari, içki işlar vaziri Şayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,
  • Qozoğiston Respublikasining birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev,
  • Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Raisi Valentina Matviyenko,
  • Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mişustin,
  • Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev,
  • Armaniston Respublikasi Boş vaziri Nikol Paşinyan,
  • Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Nurlan Yermekbayev,
  • Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev,
  • Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi boş kotibi Sergey Lebedev,
  • Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti boş kotibi Asad Xon,
  • Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayati Raisi Bakitjan Sagintayev,
  • Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso,
  • Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusef,
  • Yevroosiyo taraqqiyot banki boşqaruvi raisi Nikolay Podguzov,
  • Xitoy eksport-import banki boşqaruvi raisi Çen Xuayuy,
  • Ipak yöli fondi raisi Çju Tszyun,
  • Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill,
  • Kavkaz musulmonlar idorasi raisi Ollohşukur Poşşozoda,
  • Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer,
  • Yevroparlamentning Frantsiyadan saylangan deputati Terri Mariani,
  • AQŞ Kongressi azolari Trent Kelli va Kerol Miller,
  • Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov,
  • Sankt-Peterburg şahri gubernatori Aleksandr Beglov,
  • Amerika-Özbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: