USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azolariga tabrik yölladi

443 марта
Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azolariga tabrik yölladi
«Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovğasi sifatida olib kelayotgan uşbu unutilmas tarixiy ğalaba barçamizga muborak bölsin», deyiladi prezident tabrigida.

Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuçli jamoalari iştirok etgan saralaş öyinlarida çinakam jasorat va matonat namunasini körsatib, tom manoda ulkan ğalabaga erişganingiz – Vatanimiz tarixida birinçi marta jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritganingiz bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.


Heç şubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizning neça yillik orzusi edi, desak, töğri böladi. Sizlar professional bilim va malakangiz, tajriba va mahoratingiz, eng muhimi, yuksak irodangiz va ğalabaga bölgan işonçingiz bilan ana şunday orzuni real haqiqatga aylantirganingiz har qanday tahsin va tasannoga munosibdir.

Mana şu munavvar oqşomda – qutluğ zafar ayyomida köpmillatli butun Özbekiston xalqi sizlar bilan haqli ravişda faxrlanmoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Saralaş öyinlari naqadar kuçli raqobat ostida, keskin va şiddatli kuraşlarda ötgani, terma jamoamizga nisbatan turli bosimlar bölganiga qaramasdan, sizlar zarur oçkolarni jamğarib, azmu şijoatli Yangi Özbekiston yoşlari qanday yuksak marralarni egallaşga qodir ekanini yana bir bor amalda isbotladingiz.


Sizlarning ana şunday ğoyat masuliyatli turnirdagi munosib iştirokingiz keyingi yillarda mamlakatimizda sportga, jumladan, uning eng ommaviy turi bölgan futbolga berilayotgan ulkan etiborning yana bir buyuk amaliy natijasi sifatida ham biz uçun ğoyat qadrlidir.


Aminman, bu tarixiy yutuq xalqimizni ezgu maqsadlar yölida yanada birlaştiradi, ming-minglab yoşlarimiz uçun ilhom manbaiga, ibrat timsoliga aylanadi, Yangi Özbekistonning xalqaro obrö-etiborini yanada oşirişga xizmat qiladi.


Sizlar futbol maydonlaridagi mana şunday şonli yutuqdan yangi kuç va ruh olib, kelgusi yili AQŞ, Meksika va Kanada davlatlarida bölib ötadigan jahon çempionatida nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo qitasining birinçi va yagona vakili bölişdek yuksak şarafni çuqur his etgan holda, yanada katta jonbozlik körsatasizlar, deb işonaman.

Mana şu şukuhli ayyomda sizlarni doimo qöllab-quvvatlab kelayotgan mehribon va talabçan ustoz-murabbiylaringiz, milliy terma jamoamizning barça azolarini, sizlarga baxt va omad tilab, keçayu kunduz duoda bölib kelgan ota-onalaringiz, aka-uka, opa-singil va barça yaqinlaringizni öz nomimdan, butun xalqimiz nomidan qizğin tabriklab, ularga samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Sizlar muqaddas Qurbon hayiti kunlarida xalqimizga bayram sovğasi sifatida olib kelayotgan uşbu unutilmas tarixiy ğalaba barçamizga muborak bölsin!

Zafarli odimlaringiz bardavom bölsin, aziz farzandlarim!

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: