Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoyga bordi
30-08-2025, 21:16
367 марта

Mirziyoyev rafiqasi bilan Xitoyga bordi
Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan rafiqasi Ziroatxon Mirziyoyeva bilan birga rasmiy taşrif bilan Tyantszin şahriga bordi. Bu haqda Özbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.Binxay xalqaro aeroportida davlat rahbarini Xitoy Transport vaziri Lyu Vey va boşqa rasmiylar kutib oldi.
Oliy martabali mehmonlar şarafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Taşrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari 31 avgust - 1 sentyabr kunlari Tyantszin şahrida Şanxay Hamkorlik Taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi va “ŞHT plyus” formatidagi uçraşuvda iştirok etadi.
ŞHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni ustuvor yönalişlarda yanada rivojlantiriş va taşkilot faoliyatini takomillaştirişning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, Tyantszin deklaratsiyasi, qöşma hujjat va qarorlar qabul qilinişi rejalaştirilgan.
2 sentyabr kuni Pekin şahrida Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan muzokaralar ötkazadi, şuningdek, Xitoy rasmiy şaxslari va yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi. Özbekiston bilan Xitoy örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş va amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari körib çiqiladi.