Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan uçraşuvda iştirok etdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konventsiyasi tomonlari konferentsiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun Turkiyaga taşrifi doirasida Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva keça, 11 noyabr kuni Antaliya şahrida yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi. Tadbirda “Nol çiqindi” (Zero Waste) Global alyansi taşkil etilgani elon qilindi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.
Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamaytiriş tamoyillarini ilgari suriş yölidagi say-harakatlarini birlaştirişga qaratilgan.
.jpg)
.jpg)
Ziroat Mirziyoyeva uçraşuvda sözga çiqib, taklif va samimiy mehmondöstlik uçun Turkiya Birinçi xonimi Emina Erdöğanga çuqur minnatdorlik bildirgan hamda uning “Nol çiqindi” taşabbusini xalqaro miqyosda ilgari surişga qöşayotgan şaxsiy hissasini alohida etirof etgan. Şuningdek, “Nol çiqindi” Global alyansi taşkil etilişi qöllab-quvvatlangan.
.jpg)
Şuningdek, Özbekiston Birinçi xonimi Alyans doirasida ekologik talimni rivojlantiriş, şuningdek, yoşlar tomonidan ilgari surilgan ekologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirişga qaratilgan qator taşabbuslarni ilgari surgan.
.jpg)
Eslatib ötamiz, avvalroq Antaliya şahrida bölib ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konventsiyasi tomonlari konferentsiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Ziroat Mirziyoyeva Özbekiston milliy paviloniga taşrif buyurgan edi.