USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Birinçi xonimi Seulda madaniy dasturda qatnaşdi

41 марта
Ўзбекистон Биринчи хоними Сеулда маданий дастурда қатнашди

Bugun, 16 sentyabr “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi birinçi sammit doirasida Özbekiston Respublikasi Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinçi xonimi Kim Xe Gyon va Qirğiz Respublikasi Birinçi xonimi Aygul Japarova bilan birgalikda “Çong Va De” qarorgohida ötkazilgan madaniy dasturda iştirok etdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram kanalida xabar berildi.

Qayd etilişiça, dastur avvalida Birinçi xonimlar ananaviy çoy marosimi davomida madaniy muloqotning, milliy ananalarni asrab-avaylaşning hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi örtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlaşning ahamiyati yuzasidan fikr almaşgan.

Şundan söng yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan taniştiruvçi kontsert dasturi namoyiş etilgan. Dasturdan ananaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar örin olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifi doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Birinçi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga taşrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: