USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Birinçi xonimi Serbiyaning madaniy merosi bilan tanişdi

53 марта
Ўзбекистон Биринчи хоними Сербиянинг маданий мероси билан танишди

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Serbiya Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Serbiya Birinçi xonimi Tamara Vuçiç hamrohligida Belgraddagi qator madaniy obektlarga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram-kanalida xabar berildi.

Qayd etilişiça, dasturning ilk manzili Serbiya Milliy muzeyi bölgan. Birinçi xonimlar muzey ekspozitsiyasi bilan tanişib, unda mamlakat tarixiga oid arxeologik topilmalar, şuningdek, serb va jahon sanati asarlarini közdan keçirgan. Şu bilan birga, oliy martabali mehmonlar “Etno-mreja” ananaviy hunarmandçilik körgazmasi bilan ham tanişgan.

Mamlakatning eng muhim milliy yodgorliklaridan biri – serb kirill yozuvining eng qadimiy namunasi hisoblangan Miroslav Injiliga alohida etibor qaratilgan. XII asrga oid uşbu noyob qölyozma yuksak badiiy qiymatga ega bölib, uning miniatyuralari mahorat bilan bezatilgan. 2005 yilda Miroslav Injili UNESCÖning “Jahon xotirasi” xalqaro reyestriga kiritilgan.

Şundan söng, Birinçi xonimlar dunyodagi eng yirik pravoslav ibodatxonalaridan biri va Serbiyaning muhim manaviy ramzi bölgan Avliyo Savva çerkoviga taşrif buyurgan.

Samimiy muloqot çoğida Ziroat Mirziyoyeva va Tamara Vuçiç Özbekiston va Serbiya örtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş muhimligini takidlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: