Özbekiston Birinçi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga bordi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat taşrifi doirasida mamlakat Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinçi xonimi Kim Xe Gyon hamrohligida Koreya Milliy saroy muzeyiga taşrif buyurdi. Bu haqda Ziroat Mirziyoyevaning Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilişiça, muzey ekspozitsiyasi orqali asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida örin tutib kelgan Çoson qirollik sulolasining asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanişiş mumkin.

Özbekiston Birinçi xonimiga sulola vakillarining qadimiy qölyozmalari va şeriy asarlari, ananaviy liboslar hamda öşa davrning turmuş tarzi, ananalari va badiiy merosini aks ettiruvçi saroy madaniyatiga oid boşqa eksponatlar namoyiş etilgan.


Muzey ekspozitsiyasi bilan tanişgandan söng, Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uçraşuv ötkazgan.


Samimiy va döstona ruhda ötgan suhbatda Özbekiston va Koreya xalqlarini köp yillik döstlik, özaro hurmat va madaniy muştaraklikka asoslangan uzviy riştalar boğlab turişi takidlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat taşrifi bilan Seul şahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Şavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan özbekistonliklar kutib oldi. Özbekiston yetakçisining Koreya Respublikasiga davlat taşrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yölida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom körsatişdan boşlandi. Keyinroq Şavkat Mirziyoyev Seul şahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myon bilan tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar azolari iştirokida muzokara ötkazdi. Muzokaralar yakunlari böyiça Prezidentlar huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almaşiş marosimi bölib ötdi.