USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Gulnora Karimovadan musodara qilingan pullar nimaga sarflanmoqda?

568 марта
I’mŞveytsariya hududida musodara qilingan Özbekiston Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaning noqonuniy aktivlari soğliqni saqlaş va talim sohalariga yönaltirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Şveytsariya hududida musodara qilingan noqonuniy aktivlar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusiga köra, soğliqni saqlaş va talim sohalariga yönaltirilmoqda. Bu haqda 2022 yil 16 avgustda Özbekiston bilan Şveytsariya örtasida restitutsiya bitimi imzolangan. Mazkur bitim doirasida Özbekiston Respublikasi, Şveytsariya va BMT hamkorligida BMTning köp tomonlama trast jamğarmasi huzurida “Işonç” jamğarmasi taşkil etilgan. Uning mablağlarini yönaltiriş uçun Strategik qömita va Fuqarolik jamiyati maslahat kengaşi tuzilgan.
Bitim doirasida birinçi tranş uçun 131 million dollar mablağni qaytariş böyiça kelişuvga erişilgan. Jumladan, soğliqni saqlaş sohasida respublikadagi 230 ta perinatal markaz uçun 23 turdagi 5 ming 841 dona zamonaviy tibbiy uskuna sotib olingan. Iqtisod qilingan mablağlar hisobidan yana 1 ming 400 dan ortiq tibbiy jihozlar olib kelinişi közda tutilgan.
Şu bilan birga, BMT taşkilotlari tomonidan 11 ming nafardan ortiq tibbiyot xodimlari öqitilgan. Tuğruq muassasalarida tibbiy xizmat körsatiş böyiça 29 ta milliy protokol va qöllanmalar jahon standartlari asosida yangilangan.

Bildirilişiça, “Işonç” jamğarmasi hisobidan talim sohasida möljallangan işlar ikkita komponentga bölingan holda amalga oşirilmoqda. Birinçisi böyiça axborot texnologiyalari va raqamli yeçimlarni kengaytiriş orqali talim imkoniyatlarini oşiriş loyihasi işga tuşirilgan.

“Ikkinçi komponentga asosan, xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda, maktablarda sanitariya-gigiyena tizimini yaxşilaş, isitiş tizimini modernizatsiya qiliş, maktablarni boşqarişga jamoatçilikni jalb qilişga qaratilgan loyiha taklifi işlab çiqilgan. Şu munosabat bilan, Şveytsariya hududida musodara qilingan noqonuniy mablağlar Özbekiston xalqi manfaatlari yölida qaytarilganini olqişlaymiz. Bu kelişuvga va ijtimoiy loyihalarga hissa qöşayotgan barça xalqaro taşkilotlar vakillariga minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, fevral oyida Toşkent şahrida Özbekiston tomonidan Adliya vaziri Akbar Toşqulov hamda Şveytsariya tomonidan Şveytsariyaning Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Konstantin Obolenskiy örtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlaş töğrisidagi bitim” imzolangandi. Bitim doirasida taxminan 182 mln dollar miqdoridagi mablağlar Özbekistonga qaytarilişi belgilangan.
Mazkur mablağlar Özbekiston Respublikasi ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan bölib, 2012 yilda Şveytsariya Boş prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan qözğatilgan jinoyat iş yurituvi doirasida tölaqonli musodara qilingan edi. Mablağlar Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Fund” Köp şeriklik trast Jamğarmasi orqali qaytariladi.

Keyinroq, Belgiyaning Bryussel prokuraturasi Musodara qilingan mol-mulkni boşqariş markaziga (COIV) Gulnora Karimovaga tegişli bölişi mumkin jami 108 million dollarni mamlakat davlat ğaznasi hisob raqamiga ötkaziş böyiça iltimosnoma yuborgandi. Bryussel prokuraturasining talabiga binoan, sud jinoyat yöli bilan olingan mablağlarni ikkala davlat örtasida taqsimlaş kerak degan xulosaga kelgan. Bu qaror Yevropa Ittifoqining ikki azo davlati örtasida musodara qilingan mablağlarni taqsimlaş böyiça mavjud qonuniy mexanizmga öxşaş printsip asosida qabul qilingan. Uşbu sud qaroriga muvofiq, 108 million dollar Özbekistonga ötkazilişi belgilangan. Biroq bayonotda mazkur mablağlarning qaysi jinoyat va kim bilan boğliq ekani oşkor qilinmagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: