Şveytsariya bankida Lola Tillyayevaga aloqador şubhali pullar aniqlandi
17-04-2025, 03:05
903 марта
Şveytsariya bankida Lola Tillyayevaga aloqador şubhali pullar aniqlandi
Maqolada yozilişiça, FINMA tomonidan yuborilgan bir neçta batafsil maktublar va ularga Reyl bankining javoblari 2023 yil yozida ötkazilgan tekşiruv davomida “pul yuviş xavfiga juda yuqori darajadagi tayyorlik” va “zarur ehtiyot çoralariga loqaydlik” aniqlanganini foş qiladi. 2024 yil yanvar oyida bankka yuborilgan xatga köra, FINMA öz tekşiruvini regulyator qonunçilik buzilişlarini körib çiqadigan ijro etuvçi bölimga oşirgan.
2012 yilda FINMA Lola Karimova-Tillyayeva va uning turmuş örtoği Timur Tillyayev mijoz bölgan Fidurhô nomli boyliklarni boşqariş firmasi bilan munosabatlar “alohida darajada yuqori” xavf tuğdirişidan ogohlantirgan. Oradan ikki yil ötib ularning kompaniya hisoblari 190 million Şveytsariya frankigaça oşgani aniqlangaç, FINMA Fidurhô’dan ular bilan aloqani uzişni talab qilgan. Bu haqda keyinçalik Şveytsariya Moliya departamenti elon qilgan qarorda bayon etilgan.
Firmadan aloqani uziş söralganda, Fidurhô rad javobi bergan. Şundan söng FINMA kompaniya litsenziyasini tortib oliş bilan tahdid qilgan. Keyinçalik, Fidurhô asosçilaridan biri Tillyaayev bilan boğliq şubhali hisob harakatlarini bildirmagani uçun jarimaga tortilgan.
OCCRP qölga kiritgan yozişmalarga köra, 2020 yilda Tillyaayevning Liobel Limited Inc. kompaniyasi Reyl bankida hisob oçgan. Uç yil ötib esa Tillyaayevning özi ham bankda şaxsiy hisobini oçgan. 2023 yil dekabr holatiga köra, hisoblardan birida 83 million frank (97 million AQŞ dollari) saqlangan.
2024 yil yanvar oyida regulyatorlar Reyl’dan Tillyaayevga tegişli hisoblar böyiça hujjatlarni, şuningdek, Özbekiston bilan boğliq bölgan barça mijozlar haqida malumotlarni taqdim etişni buyurgan. Bank esa FINMA'ga Tillyaayev hisoblarini qayta körib çiqayotganini bildirgan, bunga sabab sifatida Lola Karimova-Tillyayevaning opasi Gulnora Karimova haqida çiqqan salbiy xabarlar fonida “potentsial yuqori obrö” keltirilgan.
Tillyayev mazkur xabarlar yuzasidan yuborilgan sörovlarga javob bermagan.
Malumot uçun, Lola Karimova-Tillyayeva otasining vafotidan söng, turmuş örtoği Timur Tillyayev va farzandlari bilan AQŞga köçib ötgan. U masofadan turib, “Sen yolğiz emassan” fondi hamda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini boşqarib keladi. U AQŞda “The Harmonist” attorlik buyumlari brendiga asos solgan.