USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qozoğiston ğallasining eng yirik xaridori Özbekiston bölib qolmoqda

153 марта

Özbekistonga umumiy hosilning uçdan bir qismi eksport qilingan.

Qozoğiston ğallasining eng yirik xaridori Özbekiston bölib qolmoqda.
Forbes Kazakhstan naşrining "Qazaqstan temіr joli" malumotlariga tayanib xabar berişiça, 2024 yil hosilidan Qozoğiston tomonidan eksport qilingan ğallaning katta qismi — 2,7 million tonnasi — Özbekistonga yetkazib berilgan. Bu umumiy 7,6 million tonnani taşkil etgan eksport hajmining qariyb uçdan bir qismidir.

Malumotlarga köra, 2024 yil sentyabridan 2025 yil apreligaça Qozoğiston öz hududidan çet ellarga yangi hosildan 7,6 million tonna buğdoy eksport qilgan. Bu körsatkiç 2023–2024 yillar mos davriga nisbatan 58 foizga köproqdir.
Eksportning eng yirik yönalişi — Özbekiston hisoblanadi. Mamlakat uşbu davr mobaynida 2,7 million tonna buğdoy qabul qilgan. Bu ötgan yilgi 2 million tonnaga nisbatan qariyb 30 foiz köpdir.
Ikkinçi örindan 1,1 million tonna bilan Tojikiston joy olgan. Bu avvalgi mavsumga nisbatan 1,5 barobar köp. Uçinçi örinda esa Eron turibdi. Bu mamalakat Qozoğistondan 889 ming tonna buğdoy import qilgan bölib, bu esa ötgan yilga nisbatan 16 marta köp.

Eng katta ösiş esa Ozarbayjon yönalişida kuzatildi — 5 ming tonnadan 569 ming tonnagaça, yani qariyb 114 marta oşdi. Afğoniston esa 270 ming tonna ğalla sotib olib, eksport hajmini uçdan bir qismga oşirdi. Qirğizistonga esa eksport ikki barobarga köpayib, 181 ming tonnaga yetdi.
Şuningdek, 2025 yil mart oyi oxirida "Özbekiston temir yöllari" va "Qazaqstan temіr joli" kompaniyalari Afğonistonga yuboriladigan ğalla tranziti uçun tarifni 40 foizga pasaytiriş böyiça kelişuvga erişdi. Bunday çegirma Oazis (Qoraqalpoğiston) — Ğalaba (Surxondaryo) yönalişi orqali amalga oşiriladigan taşişlarga taalluqli.
Mutasaddilarga köra, bu nafaqat Qozoğiston eksportining oşişiga, balki Özbekiston orqali ötuvçi tranzit hajmining ham ortişiga xizmat qiladi

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: