USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xitoy raketani qayta qöndiriş sinovini muvaffaqiyatli ötkazdi

65 марта
Хитой ракетани қайта қўндириш синовини муваффақиятли ўтказди

Xitoy bugun, 10 iyul kuni dengiz platformasiga örnatilgan maxsus tör orqali raketa tezlatkiçini qaytarib oliş böyiça tajribaviy tizimni muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. Bu haqda davlatning “Sinxua” agentligi xabar berdi.

Xitoy janubidagi Haynan tijorat kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 12:15 da “Çançjen-10B” (Long Març 10B) raketasi uçirildi. Davlat telekanali malumotiga köra, tezlatkiç va yuqori bosqiç ajralganidan taxminan olti daqiqa ötib, tezlatkiç vertikal tarzda qaytib, dengizdagi platformaga örnatilgan tör yordamida uşlab qolingan.

Uşbu sinov Xitoyning orbital toifadagi raketa tezlatkiçini ilk bor muvaffaqiyatli qaytarib olganini anglatadi va mamlakatni qayta foydalaniş mumkin bölgan raketa texnologiyalarini yaratişga yanada yaqinlaştiradi.

Malumotlarga köra, bu yangilik ortidan Xitoy aerokosmik kompaniyalari aktsiyalari keskin qimmatlagan. Çina Spacesat va Çina Satellite Communications aktsiyalari kunlik eng yuqori ösiş çegarasiga yetgan.

“Çançjen-10B” köp jihatdan SpaceX kompaniyasining keng qöllaniladigan “Falcon 9” raketa taşuvçisiga qiyoslanadi. U Xitoyning asosiy davlat raketa işlab çiqaruvçisi – Çina Academy of Launç Vehicle Teçnology tomonidan tijorat kosmik dasturlari uçun işlab çiqilgan bölib, past Yer orbitasiga kamida 16 tonna yuk olib çiqiş imkoniyatiga ega.

Biroq “Falcon 9” dan farqli ravişda, “Çançjen-10B” raketa tezlatkiçi özining qöniş oyoqçalari yordamida quruqlik yoki dengiz platformasiga mustaqil qönmaydi. Uning örniga tezlatkiçdagi maxsus “qöniş ilgaklari” dengiz platformasiga mahkamlangan törga ilinib qoladi.

Taqqoslaş uçun, SpaceX birinçi marta “Falcon 9” raketa tezlatkiçini orbital parvozdan keyin 2015 yil dekabrida muvaffaqiyatli qöndirgan. Blue Origin esa New Glenn raketa tizimi bilan bunday natijaga 2025 yil noyabrida erişgan.

Hozirda SpaceX yiliga taxminan 150 marta, yani örtaça haftasiga uç marta “Falcon 9” uçirişini amalga oşiradi. Kompaniya zarur hollarda bir xil tezlatkiçdan önlab marta qayta foydalanadi. Mutaxassislar dvigatellar joylaşgan tezlatkiçni raketaning eng qimmat qismi deb hisoblaydi.

Xitoy esa qayta foydalaniş mumkin bölgan raketa texnologiyalari ustida qariyb ön yildan buyon işlab kelmoqda. Bu dastur past balandlikdagi osilib turiş sinovlaridan boşlanib, sönggi yillarda orbital toifadagi tezlatkiçlarni qaytarib olişgaça rivojlandi. Bunday texnologiyalar mamlakatning tez suratlarda kengayib borayotgan tijorat suniy yöldoş dasturlari uçun uçiriş xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirişi kutilmoqda.

“Çançjen-10” oilasi Xitoyning 2030 yilgaça “Oy” missiyalarini amalga oşiriş dasturi doirasida işlab çiqilmoqda. Şu bois “Çançjen-10B” sinovi nafaqat qayta foydalaniladigan raketa texnologiyalari, balki mamlakatning keng kölamli “Oy dasturi” uçun ham muhim malumotlar va texnologiyalarni sinaş imkonini beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Blue Origin kompaniyasining New Glenn oğir raketa-taşuvçisi Floridadagi Kanaveral burnida joylaşgan 36-start kompleksida ötkazilayotgan sinov vaqtida portlab ketgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: