Turkmaniston Trampning qaroridan norozi
12-06-2025, 01:10
226 марта

Turkmaniston Trampning qaroridan norozi
AQŞning Turkmaniston fuqarolari uçun qisman kiriş taqiqini joriy etişi Aşxobodda “keskin tuşunmovçilik va taşviş” uyğotdi. Bu haqda Turkmaniston Taşqi işlar vazirligi bayonot berdi.
Vazirlik Amerika hukumatining bu qarorini “şoşma-şoşarlik bilan qabul qilingan qadam” sifatida baholamoqda. Bayonotda takidlanişiça, bu qaror ikki tomonlama hamkorlik natijalarini, jumladan, migratsiya siyosati böyiça erişilgan yutuqlarni inobatga olmagan.
“BMT Boş assambleyasi tomonidan uç marotaba tan olingan doimiy betaraflik maqomiga ega Turkmaniston migratsiya sohasidagi barça xalqaro meyor va qoidalarga qatiy rioya qiladi. Turkmanistonning BMT konventsiyalarini amalga oşiriş tajribasi – qoçqinlar va fuqaroligi bölmagan şaxslar huquqiy, ijtimoiy, gumanitar va boşqa masalalarini tartibga soluvçi hujjatlar böyiça dunyodagi eng ilğor tajribalardan biri hisoblanadi. Bu holat BMT va boşqa nufuzli xalqaro taşkilotlar himoyasidagi turli xalqaro forumlarda muntazam ravişda qayd etiladi”, deyiladi bayonotda.
Şuningdek, Markaziy Osiyodagi uşbu respublika fuqarolarning çiqiş va kiriş masalasini özaro asosda körib çiqişini takidlaydi. Bu esa manfaatdor tomonlarning qonunlarini tegişli darajada nazorat qiliş imkonini beradi. Turkmaniston fuqarolari, jumladan AQŞga çiqayotganlar ham yuqori darajadagi qonunbuzarliklarga yöl qöymaslik xususiyati bilan ajralib turadi.