Rasmiy munosabat: YPX inspektori tomonidan avtomaşinaning old oynasi sindirilgani aks etgan videolavha yuzasidan
12-09-2025, 18:34
1 475 марта
Rasmiy munosabat: YPX inspektori tomonidan avtomaşinaning old oynasi sindirilgani aks etgan videolavha yuzasidanJoriy yilning 9 sentabr kuni Xorazm viloyatini Qoraqalpoğiston Respublikasi bilan boğlovçi "Çoliş" tösiq-postida xizmat olib borayotgan YPX inspektori şu tösiq-post orqali orqali Xorazm viloyatiga kirib kelayotgan “Cobalt” rusumli 95 B 905 TA davlat raqam belgili avtomaşina haydovçisiga töxtaş işorasini bergan bölsada, mazkur avtomaşina haydovçisi YPX inspektorining qonuniy talabini bajarmasdan, Urganç şahri tomon harakatlanişni davom qildirgan. Şundan keyin, YPX inspektori tomonidan aloqa vositasi orqali berilgan xabarga asosan, Urganç tumanida xizmat olib borayotgan boşqa bir YPX inspektori uşbu avtomaşinani töxtatiş maqsadida uni Urganç şahri hududidagi çorrahaga qadar kuzatib borgan hamda çorrahada haydovçidan avtomaşinani yöl çekkasida töxtatiş va tegişli hujjatlarini taqdim etişni söragan.
Ammo haydovçi, uşbu YPX inspektorining ham qonuniy talabini bajarmasdan avtomaşina eşiklarini içkaridan qulflab, YPX inspektori avtomaşina oldida turgan bölişiga qaramasdan, harakatni davom qildira boşlaganida YPX inspektori uşbu avtomaşinaning harakatni davom qildirişiga çek qöyiş maqsadida old oynasini aloqa vositasi yordamida urib sindirgan.
Şunday bölsada hodisa joyidan qoçib ketişga uringan mazkur avtomaşina Urganç şahri hududida keyingi çorrahada tösib uşlangan.
Suriştiruv jarayonida, Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanida yaşovçi, haydovçilik huquqiga ega bölmagan, 2003 yilda tuğilgan, Yu.Ş. otasining nomida bölgan mazkur avtomaşinani, heç qanday hujjatsiz boşqarganligi, bundan taşqari uşbu avtomaşina iştirokida ilgari yöl harakati qoidalari buzilgan uçta holat böyiça tayinlangan jarimalar ikki oydan ortiq muddat davomida tölanmaganligi malum böldi.
Mazkur holat yuzasidan, tegişli tartibda mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomaşina jarima maydonçasiga joylaştirildi.
Haydovçining xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati