Fuqaro IIB binosida qiynoqqa solinişi ortidan 1 kişi işdan olindi
4-09-2025, 18:46
813 марта

Fuqaro IIB binosida qiynoqqa solinişi ortidan 1 kişi işdan olindi
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Namangan şahrida profilaktika inspektori tomonidan fuqaro qiynoqqa solingani aks etgan surat va xabarlar tarqalgandi. Ularda 3 nafar içki işlar xodimi fuqaroga dubinka va elektroşoker işlatib, qiynagani aytilgandi. Uşbu holat ortidan Çust tumani IIB inspektori işdan olindi. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili holatni örganib, jabrlangan fuqaro bilan suhbatlaşgan.

Şundan söng, işga oid töplangan malumotlar asosida viloyat IIB hamda Namangan şahar prokuraturasiga Ombudsmanning nazorat xati kiritilgan.
Ombudsmanga taqdim etilgan malumotlarga köra, Çust tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati profilaktika inspektori mayor D.B. xizmat vazifasiga etiborsiz va bepisandlik bilan yondaşib, öz xizmat hududiga heç bir sababsiz bormasdan, Içki işlar organlari xodimlarining kasbiy va xizmat intizomi kodeksi talablarini qöpol ravişda buzgani uçun lavozimidan böşatilgan. Şu bilan birga, mazkur holat yuzasidan Namangan şahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
“Tergov harakatlari yakunlari böyiça jamoatçilikka qöşimça axborot taqdim etiladi”, deyilgan xabarda.