Profilaktika inspektori 9-qavatdan sakrab öz joniga qasd qilmoqçi bölgan qizning hayotini saqlab qoldi
24-07-2025, 10:10
422 марта

Profilaktika inspektori 9-qavatdan sakrab öz joniga qasd qilmoqçi bölgan qizning hayotini saqlab qoldi
Toşkentning Yakkasaroy tumanida köp qavatli uy tomidan özini taşlamoqçi bölgan ösmir qiz qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati.Qayd etilişiça, voyaga yetmagan şaxs köp qavatli uylardan birining tom qismiga çiqib, pastga özini taşlamoqçi bölgan. Bu holatga guvoh bölgan fuqarolardan biri mahalla hududidagi «Taşviş tugmasi»ni bosib, Içki işlar organlari Qutqaruv xizmati navbatçilik qismini xabardor qilgan. Mahalla profilaktika inspektoriga ham xabar borib yetgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan mahalla profilaktika inspektori tomga çiqqan. Şu vaqtda pastda jamoat tartibini saqlaş bilan şuğullanayotgan içki işlar xodimlari ham vaziyatni nazorat qilgan.
«Voqea joyiga yetib borganimizda, yoşi taxminan 15 larda bölgan voyaga yetmagan qiz öz joniga qasd qiliş maqsadida binoning 9-qavatiga çiqqan edi», — deydi «Damariq» MFY profilaktika inspektori Sanjar Bekmurodov.
U 9-qavatdagi boşqa xonadonlardan birining balkoni orqali, öz joniga qasd qiliş niyatidagi qizga yaqinlaşgan. Qiz nihoyatda agressiv va stress holatida bölgani sababli, profilaktik suhbatlar olib borilgan. Uning yonigaça borib oliş jarayoni 25−30 daqiqa davom etgan.
«Voyaga yetmagan singlimizni 10−15 daqiqa davomida bor kuçim bilan uşlab turgan vaqtimda, u menga jiddiy qarşilik körsatdi. Ammo özimni qölga olgan holatda uni uşlab turişga muvaffaq böldim», — dedi profilaktika inspektori.
Qiz FVV xodimlari kömagida arqon orqali tomdagi xavfsiz joyga çiqarib olingan. Şundan söng, fuqaro va voyaga yetmagan qiz tibbiy körikdan ötkazilgan, mutaxassislar tomonidan psixologik suhbatlar olib borilgan.