Xorazmda öz joniga qasd qilgan qizlar jinsiy zöravonlikka uçraganmi?
13-07-2025, 13:02
7 907 марта

Xorazmda öz joniga qasd qilgan qizlar jinsiy zöravonlikka uçraganmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganç şahrida özini köp qavatli uyning tom qismidan taşlab, halok bölgan 2 nafar voyaga yetmagan qiz jinsiy zöravonlikka uçragani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.Malum qilinişiça, hozirda uşbu voqea yuzasidan prokuratura organlari tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib bormoqda.
Ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki natijalariga köra, qizlarga nisbatan heç bir jinsiy zöravonlik sodir etilganligi alomatlari aniqlanmagan.
“Marhuma voyaga yetmagan qizlarning manfaatiga zid ravişda rasmiy manbaga tayanmagan xabarlar ularning şani va qadr-qimmatiga zarar yetkazayotganini qatiy takidlagan holda, tergovga qadar tekşiruv yakuniga qadar holat yuzasidan asossiz xabarlar tarqatmaslikka çaqiramiz”, deyiladi xabarda.