Urganç RANÇ texnologiya universitetida “Rektor va yoşlar uçraşuvi” hamda Yangi yil tadbiri ötkazildi
25-12-2025, 16:01
826 марта
Urganç RANÇ texnologiya universitetida “Rektor va yoşlar uçraşuvi” hamda Yangi yil tadbiri ötkazildiUrganç RANÇ texnologiya universitetida “Rektor va yoşlar uçraşuvi” hamda Yangi yil bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi. Tadbirda universitet tasisçisi va rektori J.A. Atajanov, professor-öqituvçilar, talabalar va mehmonlar iştirok etdi.
Tadbirni oçib bergan rektor J.A. Atajanov barçani Yangi yil bayrami bilan tabriklab, universitet sönggi yillarda bosib ötgan rivojlaniş yöli haqida töxtalib ötdi. Takidlanişiça, oradan atigi 4 yil ötib, 137 nafar talaba va 20 nafar professor-öqituvçiga ega bölgan talim muassasasi bugungi kunda 11 ming nafar talabani, 500 nafar xodimni birlaştirgan, respublikada eng tez rivojlanayotgan oliy öquv yurtlaridan biriga aylandi.
Hozirda 16 ming nafar talabaga möljallangan zamonaviy va şinam öquv binolari foydalanişga topşirilgani, universitet diplomi xalqaro miqyosda tan olinadigan ASIN litsenziyasini olgani ham alohida qayd etildi. Şuningdek, RANÇ universitetida dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar tahsil olayotgani talim sifati va işonç natijasi ekani takidlandi.
Rektor 2025 yil yakunlanib borayotgan bir paytda erişilgan yutuqlar bilan bir qatorda kelgusi rejalar haqida ham malumot berdi. Unga köra, 2026 yildan boşlab universitetda 16 ta oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlaşga qaratilgan ixtisosliklar oçiladi, Ilmiy kengaşlar faoliyati yölga qöyiladi. Tibbiyot yönalişi talabalari uçun öquv, laboratoriya va klinikani bir joyda ötaş imkonini beradigan zamonaviy bino foydalanişga topşiriladi. Şu bilan birga, öquv va boşqaruv jarayonlarini töliq raqamlaştiriş amaliyoti joriy etiladi.
Tadbir davomida yana bir muhim yangilik — universitetning yangi nomi elon qilindi. Takidlanişiça, yangilangan RANÇ universiteti yangi bosqiçga qadam qöyib, xalqaro talim maydonida öz örnini yanada mustahkamlaşni maqsad qilgan.Tadbirning bayramona qismida esa xonandalar Davron Qabulov, Şaxriyor va boşqa sanatkorlar çiqiş qilib, yoşlarga kötarinki kayfiyat ulaşdilar. Qöşiqlar va bayram dasturlari talabalarning Yangi yil kayfiyatini yanada oşirdi.


Yakunda rektor J.A. Atajanov talim dargohining kelajagi yoşlar qölida ekanini takidlab, talabalarni ilmga, izlanişga va taşabbuskorlikka çorladi.Yangi RANÇ — yangi imkoniyatlar, yangi maqsadlar demakdir. Yangi yil bayrami barçamizga muborak bölsin!