Paynet Xolis QR: tadbirkorlar uçun 0%, xaridorlardan komissiya olinmaydi
Xolis yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun naqd pulsiz tölovlarni qabul qilişni yanada qulay qiliş maqsadida infratuzilmani rivojlantirişni davom etmoqda. Xolis QR’ni ulaş va undan foydalaniş biznes uçun qöşimça xarajatlarni talab qilmaydi – Xolis tomonidan xizmat körsatiş va tölovlarni qabul qiliş uçun komissiya 0% ni taşkil etadi.
Şu bilan birga, sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Xolis QR orqali tölovlarni amalga oşirişda xaridorlardan komissiya undirilişi mumkinligi haqida köplab savol va xabarlar paydo bölmoqda. Şu sababli kompaniya Xolis xizmatidan foydalaniş şartlariga aniqlik kiritişni muhim deb hisoblaydi.
Xolis QR orqali tölovlarni qabul qilganlik uçun tadbirkorlardan komissiya olinmaydi. Paynet mobil ilovasi orqali tölov amalga oşirilganda xaridordan ham komissiya undirilmaydi
Bundan taşqari, Xolis QR orqali har bir tölov qabul qilinganda aylanmadan olinadigan 1% soliq tadbirkordan avtomatik ravişda uşlab qolinadi va Özbekiston Respublikasi Davlat Soliq qömitasiga yuboriladi, bu esa soliq tölaşni soddalaştiradi.
Xolis QR’ning istemolçilar uçun afzalliklaridan biri – mahsulot va xizmatlar uçun istalgan qulay mobil tölov ilovasi orqali tölov qiliş imkoniyati mavjud. Bunda tölov şartlari tegişli tölov xizmatining tariflari asosida belgilanadi. Agar muayyan ilovada komissiya nazarda tutilgan bölsa, uni bevosita uşbu tölov xizmati belgilaydi va u Xolis komissiyasi hisoblanmaydi.
Quyida Xolis QR orqali tölovlar böyiça tölov xizmatlari va ulardagi amaldagi şartlar keltirilgan:
-
Tölov xizmati — Komissiya
-
Xazna — 0%
-
TEZ — 0%
-
TBC — 0%
-
NBU — 0%
-
Ipak Yuli Mobile — 0%
-
OFB Mobile — 0%
-
Tenge bank — 0%
-
Kapital bank — 0%
-
SQB — 0%
-
Hamkor bank — 0%
-
OTP — 0%
-
Zoomrad — 0%
-
Asaka bank — 0%
-
Mavrid(MKBank) — 0%
-
Turon bank — 0%
-
Davr bank — 0%
-
Uzum bank — 0%
-
Alif — 0%
-
Beepul — 0%
-
Click — 1%
-
Payme — 1%
Şunday qilib, Xolis QR tadbirkorlarga Xolis tomonidan komissiyasiz tölovlarni qabul qiliş va aylanmadan olinadigan 1% soliqni avtomatik hisobga oliş, xaridorlarga esa tovar va xizmatlar uçun özlariga qulay tölov ilovasi orqali tölaş imkonini beradi.
Telegram: t.me/paynet_xolis_info