Özbekistonda yagona milliy QR-kod tizimi taşkil etiladi
Özbekistonda naqdsiz hisob-kitoblarni rivojlantiriş hamda yagona milliy tölov infratuzilmasini şakllantiriş maqsadida Yagona milliy QR-kod tizimi işga tuşirilmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Regulyatorning elon qilgan malumotnomasida UzQR tizimining boş xususiyati tuşuntirilgan. Unga köra, istemolçi istalgan bank ilovasi yoki tölov taşkiloti mobil ilovasi orqali bitta QR-kodni skaner qilgan holda tölovni amalga oşirişi yagona tizimning asosiy funktsiyasi hisoblanadi. Bunda savdo va xizmat körsatiş subektlari bir neça xil QR-kod va tölov yeçimlarini saqlab turişga zarurat qolmaydi.
Markaziy bank tomonidan tizim orqali amalga oşiriladigan tölovlar böyiça umumiy komissiya uluşi 0,65 foiz etib belgilangan. Takidlanişiça, komissiya tölov zanjirida iştirok etuvçi barça tomonlar örtasida şaffof va har birining real roli hamda xarajatlariga mutanosib ravişda taqsimlanadi.
Komissiya quyidagiça taqsimlanadi:
- 0,10 foiz – ekvayer bank, yani QR-kodni merçantga örnatib bergan bank;
- 0,15 foiz – tölov Uzcard yoki Humo milliy kartalari orqali amalga oşirilganda tegişli uluş, şundan Uzcard 0,075 foiz va Humo 0,05 foiz bank kartasi emitentiga (moliyaviy vositani muomalaga çiqargan tomon) qaytaradi;
- 0,20 foiz – QR-kod operatori: tizimni uzluksiz qöllab-quvvatlaş, yagona koll-markaz faoliyati, mijozlar uçun şaxsiy kabinetlar hamda onlayn-KKM bilan integratsiya xarajatlarini qoplaş uçun;
- 0,15 foiz – tölov taşabbuskori, yani QR-kodni öquvçi mobil ilova;
- 0,05 foiz – tölovçi bank, yani tizimda tölovni amalga oşiruvçi bank.
Bunda agar tölov bankning öz ilovasida amalga oşirilsa va karta ham öşa bankniki bölsa, bank jami 0,20 foiz olişi mumkin. Agar merçant ham öşa bank mijozi bölsa, uluş 0,30 foizga yetişi mumkin. Şuningdek, tölov bank kartasi orqali emas, balki bank hisobvaraği yoki elektron hamyon orqali amalga oşirilganda, elektron tölov vositasi egasi jami 0,15 foiz uluşni oladi.
Manbaning qayd etişiça, Uzcard va Humo tizimi orqali boşqa (milliy bölmagan) QR-kodlar uçun tölov amalga oşirilsa, belgilagan tarif 0,3–0,37 foizga yetadi. Yagona QR-kod tizimi umummilliy ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, uşbu uluşni 0,10 foizgaça pasaytirgan.
Markaziy bankka köra, bugungi kunda tölov xizmatlari bozorida savdo va xizmat körsatiş subektlari uçun QR-kodlar orqali tölovlarni qabul qiliş 1-3 foizni taşkil qilmoqda. Şu sabab, UzQR’ning 0,65 foizlik umumiy tarifini xolisona baholaş uçun uni hozirgi tölov xizmatlari bozoridagi mavjud tariflar bilan taqqoslaş kerak.
Qayd etilişiça, tizimning rasmiy tarif tuzilmasida tölovçidan (istemolçidan) heç qanday komissiya undiriş közda tutilmagan. Barça tariflar faqat merçant tomonidan tölanadigan 0,65 foizdan iborat bölib, ular yuqorida körsatilgandek zanjir iştirokçilari örtasida taqsimlanadi.
Markaziy bankning bildirişiça, umumiy 0,65 foizlik komissiyasida har bir iştirokçining uluşi uning tizimdagi real roliga va xarajatlariga mutanosib belgilangan bölib, tizim töliq şaffoflik asosida işlaydi hamda merçantlar va istemolçilar manfaatlarini birdek himoya qilişga yönaltirilgan.
Öz navbatida iqtisodçi Otabek Bakirov Markaziy bankning bu tuşuntirişiga öz fikrini bildirib ötgan. Uning sözlariga köra, Markaziy bankning UzQR böyiça rasmiy munosabat bildirganini ijobiy natija. Biroq u tizim orqali tölovlarning haqiqiy tannarxi qançaligi va nega tariflar ança past, masalan 0,25 foiz darajasida belgilanmagani haqida savol qöygan.
Iqtisodçiga köra, UzQR uçun belgilangan 0,65 foizlik tarif va istemolçilardan olinadigan qöşimça komissiya naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalaştirişga yetarli turtki bermaydi.
“0,65% +1% komissiya bilan UzQR naqd pul orqali savdoni öldira olmaydi (özi maqsad şu emasmidi), sotuvçi ham, istemolçi ham baribir naqdlikni yoki arzonroq bölgan terminal (0,20%) orqali hisob kitobni tanlaydi”, deydi Bakirov.
Şuningdek, iqtisodçi tölov bozorida raqobatning kamayişi xavfidan ham xavotir bildirgan. Uning takidlaşiça, bu holat kelajakda yirik tölov tizimlariga ekvayring (komissiya) tariflarini oşiriş imkoniyatini berişi va bu biznes hamda istemolçilar uçun qöşimça xarajatlarga olib kelişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda savdo va xizmat körsatiş sohasida faoliyat yurituvçi barça korxonalar uçun elektron tölovlarni qabul qilişda yagona QR-kod joriy etilişi haqida Prezidentning 2025 yil 10 dekabrda “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalaştiriş va yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni qabul qilingan edi.
Xujjatda 2026 yil 1 yanvardan boşlab barça kompaniyalar banklarda generatsiya qilingan yagona QR-kod orqali elektron tölovlarni qabul qilişi belgilangandi. 2026 yilning 1 iyulidan boşlab esa, uşbu talab majburiy bölib, QR-koddan foydalanmaslik savdo qoidalarini buziş sifatida baholanişi qayd etilgandi.