Naqdsiz tölov joriy etilgaç, «zapravka»lar tuşumi qançalik özgardi
16-05-2026, 07:57
502 марта

Naqdsiz tölov joriy etilgaç, «zapravka»lar tuşumi qançalik özgardi
Joriy yilning 1-13 may kunlari davomida yoqilği quyiş şoxobçalarida amalga oşirilgan tölovlar natijasida jami tuşumlar 1,42 trln sömdan ziyodni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.Uşbu davrda kunlik örtaça tuşum 109,0 mlrd sömni taşkil qildi. Tranzaktsiyalar soni esa jami 10,1 mln, kunlik örtaça 777,9 mingtani taşkil etdi.
Taqqoslaş uçun, mart oyida örtaça kunlik tuşum 102,7 mlrd söm bölgan. May oyida tuşumlar hajmi kunlik 6,3 mlrdga oşgan.
Tuşumlar tarkibi tahlili şuni körsatadiki, 89,9 % amaldagi bank kartalari orqali (mavjud kartalar orqali — 85,2%, QR kodlar orqali — 4,6%), moment kartalar orqali 7,2% hamda yoqilği kartalari orqali 2,9% tölovlar amalga oşirilgan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda 1 apreldan boşlab qator tölovlar, jumladan yoqilği quyiş şoxobçalaridagi tölovlar naqdsiz şaklga ötgan.