USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda 2 mingga yaqin taksi haydovçilari 7 oyda 100 mln sömdan köp pul topdi

612 марта
Özbekistonda 2 mingga yaqin taksi haydovçilari 7 oyda 100 mln sömdan köp pul topdi

Soliq qömitasi joriy yilning 7 oyi davomida taksi agregator orqali işlagan taksi haydovçilari, ulardan tuşgan soliqlar haqida malumot berdi.

Georgiy Namazov / UzNews.uz
2025 yilning 7 oyda 215 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Ötgan yilda bu körsatgiç 155 ta edi, deya xabar bermoqda Soliq qömitasi matbuot xizmati. 


Jami 262,2 mln marta yölovçi taşiş amalga oşirilgan. Yölovçi taşiş aylanmasi 5 trln sömdan oşdi. Şundan:

— 3,6 trln söm yoki 72,2% – naqd tölovlar;
— 1,4 trln söm yoki 27,8% – naqdsiz tölovlar.
Örtaça bitta çek 19 077 sömni taşkil etgan.
Qayd etilişiça, agregatorlar orqali yölovçi taşiş bilan 457,3 mingga yaqin özini özi band qilgan haydovçilar şuğullanmoqda. 

Haydovçilarning yarmidan köpi (56,3%) 30-50 yoşda – 257 629 kişi, 30 yoşgaça – 166 207 kişi (36,3%), 50 yoşdan kattalar – 33 477 kişi (7,3%).
Şuningdek, agregatorlar orqali 3 480 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

7 oy davomida taksi xizmatini körsatgan 1,8 ming haydovçi 100 mln sömdan ortiq daromad olgan:

— 50-100 mln söm – 19,1 ming haydovçi;
— 10-50 mln söm – 113,7 ming haydovçi;
— 5-10 mln söm – 59,4 ming haydovçi;
— 1-5 mln söm – 122,8 ming haydovçi;
— 1 mln sömgaça – 140,2 ming haydovçi.

Eng köp foydalanilayotgan avtomobillar
— Cobalt – 23,5%;
— Nexia – 21,5%;
— Lacetti – 16,9%.
7 oyda agregatorlar 98,8 mlrd söm soliq şundan, QQS 55,4 mlrd söm töladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: