Sentyabr pensiyalari kartalarga tuşdi, naqd pullar esa 4 sentyabrdan tarqatiladi
3-09-2025, 11:27
174 марта
Sentyabr pensiyalari kartalarga tuşdi, naqd pullar esa 4 sentyabrdan tarqatiladi2025 yil sentyabr oyida pensiya tölovlarini naqdsiz şaklda oluvçilar uçun mablağlar töliq moliyalaştirildi.
Pensiya jamğarmasi malumotlariga köra, joriy oy tölov röyxatlariga kiritilgan 399,8 ming nafar pensiya oluvçilar uçun jami 539,5 milliard söm mablağ ajratilib, tijorat banklariga yuborildi.
Pensiyasini bank kartalari orqali oluvçi fuqarolarning hisob raqamlariga allaqaçon 476,1 milliard söm yuklab berildi.
Pensiyani naqd şaklda oluvçilar uçun esa 63,3 milliard söm mablağ grafik asosida tijorat banklariga yetkazildi.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, pensiya pullarini naqd şaklda oluvçilarga tölovlar 4 sentyabrdan boşlab tasdiqlangan grafik asosida Xalq bankining sayyor kassalari orqali tarqatiladi.
Şu tariqa, sentyabr oyi uçun pensiya oluvçilar öz mablağlarini öz vaqtida ham bank kartalari orqali, ham naqd şaklda oliş imkoniyatiga ega böladi.