Mobil telefon raqami orqali tezkor pul ötkaziş tizimi işga tuşadi. U qanday işlaydi?
6-06-2026, 17:25
318 марта

Mobil telefon raqami orqali tezkor pul ötkaziş tizimi işga tuşadi. U qanday işlaydi?
Jamoatçilik muhokamasi uçun elon qilingan hujjatga köra, jismoniy va yuridik şaxslar örtasida mablağlarni real vaqt rejimida ötkaziş imkonini beruvçi tezkor tölovlar tizimi 24/7 rejimda işlay boşlaydi. Ötkazma jismoniy şaxsning bank mobil ilovasi orqali yoki bevosita bankka taqdim etiladigan topşiriği asosida amalga oşiriladi.Nizomga köra, TTT - Markaziy bankning Tezkor tölovlar tizimi hisoblanib, u orqali jismoniy şaxslar örtasidagi ötkazmalarni mablağ oluvçining mobil telefon raqamidan foydalangan holda amalga oşiriş imkonini beradi.
Tezkor tölovlar tizimi jismoniy va yuridik şaxslar örtasida mablağlarni real vaqt rejimida ötkaziş imkonini beradi. Bunda tölovlar kunning istalgan vaqtida, dam oliş va bayram kunlarida ham amalga oşirilişi mumkin böladi.
Nizom loyihasida tizim operatorining vakolatlari, iştirokçilarning huquq va majburiyatlari, tölovlarni qayta işlaş, xatoliklarni bartaraf etiş hamda axborot xavfsizligini taminlaş masalalari aks ettirilgan. Şuningdek, tizimning uzluksiz işlaşi va foydalanuvçilar mablağlari xavfsizligini taminlaş böyiça talablar ham belgilangan.
Hujjatda Tezkor tölovlar tizimiga tijorat banklari, tölov taşkilotlari va boşqa moliyaviy xizmat körsatuvçi subektlarning ulaniş tartibi ham nazarda tutilgan. Loyihaga köra, tizim orqali amalga oşiriladigan operatsiyalar yagona standartlar asosida bajariladi.
Bir bank doirasida faqatgina bitta bank hisobvarağiga telefon raqami boğlanişiga ruxsat etiladi.
Ötkazma jismoniy şaxsning bank mobil ilovasi orqali yoki bevosita bankka taqdim etiladigan topşiriği asosida amalga oşiriladi.
Ötkazmani amalga oşirişda tölovçining bank hisobvarağidagi pul mablaği oluvçining bank hisobvarağiga ötkaziladi.
Ötkazmani amalga oşiriş jarayonida qöllanadigan malumot almaşinuvi, jumladan tölov hujjatini qöllaş TTTning texnik hujjatida belgilangan tartibda amalga oşiriladi. Bunda, tölov hujjatidagi tegişli maydonga tölovçining xos raqami bilan oçilgan bank hisobvaraği, JŞŞIR (jismoniy şaxsning şaxsiy identifikatsiya raqami) rekviziti, familiyasi, ismi va şarifi töliqligiça avtomatik tarzda kiritilişi şart.
Ötkazmalar ilovada keltirilgan sxema böyiça uzluksiz 24/7 rejimida amalga oşiriladi.
Hujjat loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi 13 iyunga qadar davom etadi.