Kelgusi yildan Özbekistonga kelgan sayyohlarga yangi imkoniyatlar beriladi
20-11-2025, 22:28
125 марта

Kelgusi yildan Özbekistonga kelgan sayyohlarga yangi imkoniyatlar beriladi
Özbekistonda 2026 yil 1 iyuldan boşlab xorijiy turistlarning roziligi asosida Davlat çegarasini kesib ötişda yiğiladigan malumotlarni integratsiya qilgan holda, turistik elektron SIM-karta bilan ulaş va vaqtinça böliş joyi böyiça röyxatga oliş proaktiv şaklda amalga oşiriladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi faoliyatini taşkil etiş va turizm sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda söz borgan.Şuningdek, işga tuşiriladigan milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi orqali:
• Mulkçilik şaklidan qati nazar transportning barça turlari integratsiya qilingan holda, sayohat yönalişini tuziş, eng maqbul yönaliş va transport turini tanlaş, çiptalarni onlayn band qiliş va sotib oliş imkoniyati yaratiladi;
• çipta xöjaligi joriy qilingan barça turizm obektlari, şu jumladan, muzeylar, madaniy meros obektlari, madaniyat, köngiloçar va dam oliş obektlariga biletlarni onlayn sotib oliş imkoniyatiga ega bölgan yagona çipta tizimi joriy qilinadi;
• ekskursiyalar ötkaziş uçun interaktiv xaritalar, planşetlar, audioyordamçi, videoyordamçi hamda onlayn translyatsiyalar vositasida turistik obektlar haqida axborot beriş imkonini beruvçi raqamli gid tizimi işga tuşiriladi;
• joylaştiriş vositalari tomonidan xorijiy va mahalliy turistlardan undiriladigan turistik (mehmonxona) yiğim billing tizimi orqali avtomatik tarzda töğridan töğri Jamğarmaga ötkaziladi;
• aholi tomonidan dala hovlilarini ijaraga beriş “Soliq” mobil ilovasi orqali “men bilan birga” şaklida bir nafar şaxs nomiga birga dam oluvçilar sonini körsatgan holda, soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştiriş orqali amalga oşiriladi.