USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda olingan xorijiy filmlarning xarajati qoplab beriladi

130 марта

Özbekistonda olingan xorijiy filmlarning xarajati qoplab beriladi

Endilikda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Özbekiston hududida suratga olingan filmlar uçun xarajatlarning malum miqdori davlat tomonidan qaytarib beriladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan bugun, 20 noyabr kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi faoliyatini taşkil etiş va turizm sohasini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorda söz borgan.

Qarorga muvofiq, Qömita respublika hududida öz filmlarini yaratişda xorijiy kinokompaniyalarga xarajatlarning bir qismini qaytarişni (Rebate) muvofiqlaştiruvçi masul davlat organi hisoblanadi.
Uşbu bandning “a” kiçik bandida nazarda tutilgan xarajatlar summasi:
•    3 milliard sömgaça bölsa – 10 foiz;
•    3 milliard sömdan 5 milliard sömgaça bölsa – 15 foiz;
•    5 milliard sömdan 10 milliard sömgaça bölsa – 20 foiz;
•    10 milliard sömdan ortiq bölsa – 25 foiz, biroq bitta film uçun 4 milliard sömdan oşmagan miqdorda Davlat byudjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.
2026 yil 1 martdan boşlab nufuzli xorijiy kinokompaniyalar bilan muzokaralar ötkazgan holda, Jamğarma mablağlari hisobidan filmlarning bevosita yoki bilvosita Özbekiston Respublikasi turistik jozibadorligi, tarixiy-madaniy merosi va boşqa muhim ijobiy jihatlarini namoyiş qiluvçi qismini (epizodini) yaratganlik (şu jumladan, Özbekiston Respublikasi hududida, öz pavilonlarida yoki kompyuter grafikasi yordamida) uçun haq tölaş tartibi joriy etiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: