24 soatlik köçalarda reklama va yoritiş uçun "svet" tarifi ikki baravarga pasayişi mumkin böladi
10-09-2025, 10:26
259 марта
24 soatlik köçalarda reklama va yoritiş uçun "svet" tarifi ikki baravarga pasayişi mumkin böladiTungi iqtisodiyotni rivojlantiriş maqsadida 24 soatlik köçalarda tadbirkorlarga kredit xarajatlari qoplab berilişi, xodimlarni öqitişga kömaklaşilişi va yoritiş uçun imtiyozli tariflar joriy etilişi rejalaştirilgan.
Strategik islohotlar agentligi tomonidan prezident qarori loyihasi tayyorlandi. Unda keçki va tungi vaqtlarda faoliyat yurituvçi korxonalarga taşkiliy hamda moliyaviy qöllab-quvvatlaş çoralari nazarda tutilgan.
Hujjatga köra, mahalliy brend egalari tomonidan “24 soatlik köçalar”da filial oçiş uçun olingan kreditlar böyiça foiz xarajatlari tadbirkorlikni rivojlantiriş kompaniyasi tomonidan qoplab beriladi.
Mahalliy brendga ega tadbirkorlik subektlari tomonidan tunu-kun faoliyat körsatuvçi köça va hududlarda öz filialini oçiş uçun bitta filial kamida:
— 5 ta yangi iş örni yaratgan taqdirda 1 milliard sömgaça;
— 10 ta yangi iş örni yaratgan taqdirda 5 milliard sömgaça;
— 15 ta yangi iş örni yaratgan taqdirda 10 milliard sömgaça;
— 20 ta yangi iş örni yaratgan taqdirda 15 milliard sömgaça.
Ajratilgan kreditlar böyiça foizli xarajatning Markaziy bank asosiy stavkasidan 4,5 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oşmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar böyiça asosiy stavkaning 25 foizigaça miqdorda uç yildan ortiq bölmagan muddatga kompensatsiya taqdim etiladi.
Şuningdek, hududlarda filial oçiş istagini bildirgan mahalliy brend egalariga yangi xodimlarni öqitiş va qayta tayyorlaş bilan boğliq xarajatlarning yarmini, biroq bir nafar xodim uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 5 barobaridan oşmagan miqdorda qoplab beriladi.
Mahalliy brend egalari tomonidan işlab çiqarilgan mahsulotlarga (işlar, xizmatlar) sifat darajasini anglatuvçi milliy sertifikatlarni oliş bilan boğliq xarajatlarni töliq, xalqaro tan olingan sertifikatlarni 3 ming AQŞ dollaridan oşmagan qismi qoplab beriladi.
2025 yil 1 sentyabrdan tunu-kun faoliyat körsatuvçi köça va hududlardagi xizmat körsatiş, savdo va köngiloçar obektlarga tegişli taşqi reklama, axborot konstruktsiyalari (videoekranlar, elektron displeylar, mediafasad va boşqa texnik vositalar), illyuminatsiyalar va lampalar şodasi uçun foydalanilgan elektr energiyasi uçun belgilangan tarif koeffitsiyenti 3 baravardan 1,5 baravarga pasaytiriladi