Falastinning Özbekistonga kelgan keksa fuqarolariga nafaqa tölanadi
15-08-2025, 09:58
253 марта
Falastinning Özbekistonga kelgan keksa fuqarolariga nafaqa tölanadiŞuningdek, qoçqinlarga bola tuğilganda, dafn marosimida, oziq-ovqat va uy-joy ijarasi uçun nafaqalar tölanadi.
Özbekistonga kelgan Falastin fuqarolari doimiy ğamxörlik va ijtimoiy qöllab-quvvatlanadi. Bu haqda "Özbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga mehr-şafqat tamoyillari asosida davlat tomonidan ğamxörlik va yordam körsatiş tizimini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident farmonida söz boradi.
Uşbu hujjatga köra:
- Özbekistonga kelgan Falastin fuqarolariga zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolar uçun nazarda tutilgan nafaqa tayinlanadi;
- mehnatga layoqatli har bir mehmonga (I va II guruh nogironligi bölgan şaxslardan taşqari) har oyda minimal istemol xarajatlari miqdorida nafaqa tölanadi;
- mehmonlarning har bir oilasiga yaşaş joyidagi ijara xarajatlari qoplab beriladi;
- mehmonlarga bola tuğilganda beriladigan bir martalik nafaqa, şuningdek, dafn marosimi uçun nafaqa Özbekiston fuqarolari uçun belgilangan miqdorlarda tölanadi;
- mehmonlarning har bir oilasiga birinçi navbatda zarur bölgan tovarlar (maişiy ehtiyoj uçun nooziq-ovqat tovarlari töplami) sotib oliş uçun qöşimça ravişda bir martalik nafaqa tölanadi;
- har bir oilaga mahalladan bittadan ijtimoiy xodim biriktirilib, ularni şaxsan kuzatib boriş, individual yordam körsatiş, ehtiyoj va sörovlarini inobatga oliş çoralari köriladi.