Yakka tadbirkorlarga tilla savdosiga ruxsat, imtiyozlar kengaymoqda
26-05-2025, 13:08
118 марта
Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida rasman tilla buyumlari savdosi bilan şuğullanişi mumkin böladi. Prezident taşabbusi bilan sohani «soya»dan çiqariş, içki bozorni himoya qiliş va milliy brendlar yaratişga qaratilgan keng qamrovli çoralar qabul qilindi.Şuningdek, mahalliy hokimlik va mutasaddi taşkilotlarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy körinişga keltirib, ularni rasmiylaştiriş böyiça topşiriq berildi. Bu orqali yuzlab fuqarolarning mehnati qonuniy maydonga çiqarilişi kutilmoqda.
Sohani rivojlantiriş maqsadida bir qator iqtisodiy imtiyozlar ham joriy etiladi. Xususan:
— çetdan zargar dizaynerlar, texnologlar va gemmologlarni olib keliş xarajatining 2,5 ming dollargaça qismi davlat tomonidan qoplab beriladi, agar ular kamida 5 nafar şogird tayyorlasa;
— zargarlik sanoati uçun uskunalar va ularning butlovçi qismlari import bojidan ozod qilinadi;
— Navoiy va Olmaliq kombinatlaridan oltinni bölib tölaş asosida xarid qiliş tartibi yana 3 yilga uzaytiriladi;
— nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş uçun dizayn va qoliplarni olib keliş xarajatining 30 ming dollargaça qismi qoplab beriladi.
Yiğilişda şuningdek, zargarlik sohasida ham sanoat usuliga ötiş, içki bozorni himoya qiliş, milliy brendlar yaratiş va sohani eksportbop tarzda rivojlantiriş vaqti yetgani alohida takidlandi.