USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda bir bank hisobidan boşqasiga pul ötkaziş imkoni yaratildi

55 марта

Özbekistonda bir bank hisobidan boşqasiga pul ötkaziş imkoni yaratildi

Manba: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Özbekistonda banklar örtasida özaro hamkorlikni taminlovçi Account-to-Account formatidagi xizmat işga tuşirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi. 

Account-to-Account (A-A) — bu jismoniy şaxslar örtasida bir bank hisobidan boşqa bank hisobiga töğridan-töğri pul ötkaziş imkonini beruvçi yana bir xizmat turi. Uşbu xizmat Markaziy bankning Axborotlaştiriş boş markazi tomonidan yaratilgan texnik infratuzilma asosida amalga oşirildi.
Peer-to-Peer (P2P) dan farqi şundaki, P2P ötkazmalarda pul karta raqami orqali yuboriladi. Account-to-Account’da esa mablağ töğridan-töğri bank hisobvaraqlari örtasida amalga oşiriladi.
Bu mavjud bank ilovasida tanlanadigan ötkazma usuli bölib, pul ötkazişda xizmat turini tanlaş orqali amalga oşiriladi. Yangi karta oçiş talab etilmaydi. Har bir fuqaro karta rasmiylaştirganda, karta bankdagi aynan şu hisob raqami asosida oçiladi.
Bugungi kunda uşbu xizmat turi barça banklarga texnik jihatdan taqdim etilgan. A-A xizmatining komissiyasi banklar tomonidan özlarining içki tarif siyosatiga muvofiq mustaqil ravişda belgilanadi. Komissiya miqdori tanlangan bank va xizmat turiga qarab farq qilişi mumkin.
Markaziy bank bozor iqtisodiyoti şaroitida regulyator sifatida komissiyalarni belgilaş jarayoniga aralaşmaydi. Şuningdek, ABM tölov xizmatlarini körsatmagani va mijozlar bilan işlamagani sababli komissiyalarni belgilaşda iştirok etmaydi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: