Endi 14-18 yoşdagilar ham mustaqil bank kartasi oçişi mumkin
13-11-2025, 15:36
233 марта

Endi 14-18 yoşdagilar ham mustaqil bank kartasi oçişi mumkin
Endilikda Özbekistonda 14-18 yoşdagi voyaga yetmagan şaxslar özlari mustaqil tijorat banklarida bank kartasini oçişi mumkin böladi. Bu haqda Markaziy bankning joriy yilning 11 noyabr kuni Adliya vazirligi röyxatdan ötkazgan “Özbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining çiqarilişi va muomalada bölişi qoidalari töğrisida”gi nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi buyruğida söz boradi.
Uşbu hujjat bilan foydalanuvçi subektlarga köra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Xususan:
- Biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki özini özi band qilgan şaxsga öz hisobvarağidagi mablağlarni boşqariş imkonini beradi.
- Ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boşqa tölovlardan tuşgan mablağlarni boşqariş uçun möljallangan.
Endilikda 14-18 yoşdagi voyaga yetmagan şaxslar özlari mustaqil, 14 yoşgaça bölgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini oçişlari mumkin böladi.