Markaziy bank fuqarolarni firibgarlikning yangi turlaridan ogohlantirdi
17-06-2025, 08:56
173 марта

Markaziy bank fuqarolarni firibgarlikning yangi turlaridan ogohlantirdi
Sönggi vaqtlarda raqamli texnologiyalarni qöllagan holda sodir etilayotgan firibgarlik holatlari töğrisida fuqarolarning xabardorligi oşganligi sababli endilikda firibgarlar murakkabroq sxemalardan foydalanmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, özini uyali aloqa operatori xodimi sifatida taniştiruvçi firibgar fuqaroga qönğiroq qilib, telefon raqamidan foydalaniş böyiça şartnomani uzaytiriş borasida bir qança savollar beradi.
Bir oz vaqt ötgaç, firibgarlar fuqaroga Telegram orqali Markaziy bank ramziy belgilari aks ettirilgan profildan xabar yuborib, uning bank va tölov taşkilotlari mobil ilovalaridagi şaxsiy kabinetlariga begonalar ruxsatsiz kirişga uringanligi, şuningdek, kredit amaliyotini yakunlaş (yopiş) jarayoni nihoyasiga yetmaganligini malum qiladi.
Bundan taşqari, agar fuqaro hamkorlik qilişdan boş tortsa yoki Markaziy bankning soxta xodimi körsatmalarini bajarmasa, unga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortiş çorasi körilişi bilan tahdid qilinadi. Döq-pöpisalar yanada işonçli bölişi uçun yuborilayotgan xabarlarga topiş oson bölgan oçiq manbalardan Jinoiy-protsessual kodeksning elektron fayli ham biriktirib qöyiladi.
Agarda fuqaro firibgarlarning yolğon gaplariga işonib, ular aytgan körsatmalarni bajarsa, bank kartasidagi mablağlardan ayrilib qolişi mumkin.
Şu munosabat bilan Markaziy bank fuqarolarni ogohlikka çaqirdi. MB bu kabi xabarlarga heç qanday aloqasi yöqligini malum qilib, fuqarolarga bu kabi xabarlarga işonmaslikni tavsiya qildi.