USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Samarqand hayratlantirdi — FIDE rasmiysi

30 марта
Самарқанд ҳайратлантирди — FIDE расмийси

FIDE rasmiysi Dana Reyzniyese Özbekiston mezbonlik qilayotgan Şaxmat olimpiadasi taşkilotçiligiga yuqori baho berdi. U musobaqaning birinçi kuni belgilangan vaqtda boşlanganini alohida takidlab, Samarqandda taşkilotçilikdagi samaradorlik yaqqol körinayotganini aytdi.

“Odatda birinçi kuni turli mayda masalalar paydo bölib, musobaqa keçroq boşlanib ketişi mumkin. Ammo Samarqandda bunday bölmadi. Taşkilotçilikdagi samaradorlik yaqqol körinib turibdi”, deydi Dana Reyzniyese.

Şuningdek, u Olimpiada doirasida ilk bor asosiy musobaqa bilan bir vaqtda imkoniyati çeklangan şaxmatçilar uçun Paralimpiada ötkazilayotganini eng muhim yangiliklardan biri sifatida qayd etdi.

“Iştirokçilar sonining rekord darajada ekani, yuqori texnologiyalar – bularning barçasi juda muhim. Ammo, şaxsan men uçun eng muhim jihat – tarixda birinçi marta imkoniyati çeklangan şaxmatçilar uçun Paralimpiada asosiy Şaxmat olimpiadasi bilan bir vaqtda taşkil etilganidir. Birinçi marta buni aynan Özbekiston amalga oşiryapti”, deydi u.

Dana Reyzniyese Özbekistonda şaxmatning tarixi ham uzoq davrlarga borib taqalişini aytdi. Xususan, Afrosiyobdan VII–VIII asrlarga oid qadimiy şaxmat donalari topilganini eslatdi.

FIDE rahbari şaxmatning talimdagi ahamiyatiga ham töxtalib, uni XXI asr talimi uçun samarali vositalardan biri deb atadi. Uning sözlariga köra, şaxmat bolalarga kelajakda muvaffaqiyat qozoniş uçun zarur bölgan könikmalarni şakllantirişga yordam beradi.

Şu bilan birga, Reyzniyese ijtimoiy şaxmat loyihasi doirasida şaxmat insonlar hayotini qanday özgartirgani haqida 50 dan ortiq hikoya töplanganini aytdi. Ularning ayrimlari orasida hatto miyasida jarrohlik amaliyoti ötkazilayotgan paytda raqibi bilan şaxmat öynagan inson haqidagi hikoya ham bor.

FIDE rahbari özi ham şaxmatçi va grossmeyster ekanini takidladi. U bir neçta Jahon şaxmat olimpiadalarida iştirok etganini aytib, bu gal rasmiy şaxs sifatida musobaqani kuzatayotganidan köra, şaxmatçilar safida ötirişni istaganini yaşirmadi.

“Özim ham şaxmatçiman, grossmeysterman. Bir neçta Jahon şaxmat olimpiadalarida iştirok etganman. Şuning uçun bugun bu yerda şaxmatçi emas, rasmiy şaxs sifatida turganimga, rostini aytsam, öynayotgan şaxmatçilarga havasim kelyapti. Çunki şunday ajoyib zalda şaxmat öynaşni juda istagan”, deydi Dana Reyzniyese.

Eslatib ötamiz, Şaxmat olimpiadasi Özbekistonda ötkazilayotgan FIDE’ning yirik xalqaro tadbirlaridan biri hisoblanadi. 

 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: