Rossiyalik şaxmatçilar Samarqanddagi olimpiadadan çetlatildi
Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezidentlar kengaşi rossiyalik şaxmatçilarni Özbekistonda bölib ötadigan Butunjahon şaxmat olimpiadasida iştirok etişdan çetlaştirdi. Bu haqda Rossiya şaxmat federatsiyasi ijroçi direktori Aleksandr Tkaçyov malum qildi.
“Jamoalarimiz Jahon şaxmat olimpiadasida iştirok etmaydi. Uşbu qaror FIDE prezidenti vazifasini bajaruvçi Vişvanatan Anand taşabbusi bilan kengaş tomonidan qabul qilindi. Yaxşiyamki, şaxmatni siyosatdan ustun qöyadigan va öz martabasi haqida qayğuradigan odamlar ham bor. Biroq şaxsiy manfaatlarni birinçi öringa qöyadiganlar ham mavjud va hozirda ular kengaşda köpçilikni taşkil qiladi. Bu safar ular ğalaba qozondi”, deydi Tkaçyov.
46-Jahon şaxmat olimpiadasi joriy yilning 15-27 sentyabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötadi.
Rossiya terma jamoasi esa 2026 yil avgust oyida Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan sanktsiyalar uzaytirilgani sababli musobaqada iştirok etmaydi. Şu tariqa, rossiyalik grossmeysterlar jamoaviy musobaqani ketma-ket uçinçi marta ötkazib yuboradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq jahonning birinçi raqamli şaxmatçisi Magnus Karlsen Samarqandda bölib ötadigan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasini ötkazib yuborişi haqida xabar berilgandi.