FIDE 2028 yilgi Nomzodlar turniri saralaş tizimini özgartirdi
Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) Kengaşi 2028 yilda erkaklar va ayollar örtasida ötkaziladigan Jahon şaxmat nomzodlari turniri uçun saralaşning yangi formatini tasdiqladi. Bu haqda federatsiyaning rasmiy saytida xabar berildi.
Yangi tartibga köra, erkaklar örtasida Grand Swiss, Total Çess, Jahon kubogi va FIDE tsikli musobaqalarining eng yaxşi ikki nafar iştirokçisi Nomzodlar turniriga yöllanma oladi.
Ayollar örtasida esa Grand Swiss, Gran-pri, Jahon kubogi va FIDE tsikli musobaqalarining eng yaxşi ikki nafar iştirokçisi Nomzodlar turnirida qatnaşiş huquqini qölga kiritadi.
Şu bilan birga, avvalgi saralaş tsiklida amal qilgan reyting orqali yöllanma beriş tizimi bekor qilindi.
Eslatib ötamiz, erkaklar örtasidagi navbatdagi jahon çempionligi uçun bahs 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgaça bölib ötadi. Unda amaldagi jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju özbekistonlik Javohir Sindorovga qarşi dona suradi. Sindorov Nomzodlar turniri ğolibi sifatida uşbu bahsda iştirok etadi.
Ayollar örtasidagi Nomzodlar turnirida hindistonlik Rameşbabu Vayşali ğolib çiqqan. Amaldagi jahon çempioni esa xitoylik Ju Ventszyun hisoblanadi.