Karlsen 21 yilda ilk bor ketma-ket törtta partiyada yutqazdi
Şaxmat böyiça 16-jahon çempioni va FIDE reytingi peşqadami bölgan norvegiyalik Magnus Karlsen 2005 yildan buyon ilk bor ketma-ket törtta partiyada mağlubiyatga uçradi.
35 yoşli norvegiyalik Gonkong şahrida ötayotgan tezkor va blits böyiça jamoaviy jahon çempionatida omadsiz iştirok etmoqda. Rapid bahslarida Karlsen ketma-ket hindistonlik Arjun Erigaysi, armanistonlik Şant Sargsyan, özbekistonlik Javohir Sindarov va ozarbayjonlik Aydin Sulaymonliga yutqazdi.
Bu Karlsen faoliyatida tezkor şaxmatdagi ketma-ket törtta mağlubiyat qayd etilgan ilk holat böldi. Natijada u jonli reytingda 28,8 oçko yöqotdi. Şunga qaramay, norvegiyalik 2803,2 reyting oçkosi bilan peşqadamlikni saqlab qolmoqda. Biroq bu körsatkiç FIDE 2012 yilda tezkor şaxmat reytingini joriy etganidan beri uning eng past natijasi hisoblanadi. Karlsen ayni paytda tezkor şaxmat böyiça amaldagi olti karra jahon çempioni sanaladi.
Karlsen sönggi marta ketma-ket törtta partiyada 2005 yilda, 14 yoşligida mağlub bölgan edi. Öşanda u Niderlandiyaning Sxagen şahridagi turnirda ikki tezkor partiyada, keyin esa Norvegiyaning Moss şahrida bölib ötgan musobaqada yana ikki klassik partiyada mağlubiyatga uçragan.
Şuningdek, Karlsen 2002 va 2003 yillarda ham klassik şaxmatda ketma-ket törtta partiyada mağlub bölgan.