Sindorov Gukeşdan ustun keldi: özbekistonlik şaxmatçi Polşadagi nufuzli turnirda iştirok etmoqda
9-05-2026, 08:43
42 марта

Sindorov Gukeşdan ustun keldi: özbekistonlik şaxmatçi Polşadagi nufuzli turnirda iştirok etmoqda
Uşbu nufuzli musobaqada amaldagi Jahon çempioni, hindistonlik Gukeş Dommaraju hamda çempionlik uçun rasmiy davogar, özbekistonlik Javohir Sindorov ham iştirok etyapti. Turnir formatiga köra ikki şaxmatçi özaro 3 marta (1 ta rapid va 2 ta blits) öyin ötkazadi.
Musobaqaning törtinçi kunida şaxmatçilar blits yönalişida töqqizta turda öz imkoniyatlarini sinab kördi. Javohir Sindorov bir ğalaba, oltita durang va ikkita mağlubiyat qayd etgan holda oçkolari sonini 12 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida 9-örinni egallab turibdi. Özbekistonlik grossmeyster yagona ğalabasini amaldagi Jahon çempioni Gukeş ustidan qölga kiritdi. Rapid bahslaridagi özaro öyinda esa hindistonlik grossmeyster ğalaba qozongan edi. Ertaga, 9 may kuni blits bosqiçida 9 ta tur ötkaziladi va har ikki şaxmatçi yana bir bor özaro töqnaş keladi.

Rapid bahslarida esa har bir ğalaba uçun şaxmatçilar 2 oçkoga ega böldi, durang natija uçun esa 1 oçkodan berildi.
2026 yilgi Super rapid/blits turnirining töliq tarkibi:
- Javohir Sindorov (Özbekiston)
- Gukeş Dommaraju (Hindiston)
- Alireza Firuzja (Frantsiya)
- Xans Nieman (AQŞ)
- Fabiano Karuana (AQŞ)
- Vladimir Fedoseyev (Sloveniya)
- Maksim Vaşe-Lagrav (Frantsiya)
- Yan-Kşiştof Duda (Polşa)
- Radoslav Voytaşek (Polşa)
- Uesli So (AQŞ)
- Rapid: 9 ta turdan iborat bahslar
- Blits: 18 ta turdan iborat ikki davrali marafon