Nodirbek Abdusattorov sovrin jamğarmasi 350 ming dollar bölgan turnirda iştirok etadi
6-05-2025, 13:27
132 марта

Nodirbek Abdusattorov sovrin jamğarmasi 350 ming dollar bölgan turnirda iştirok etadi
7-16 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest şahrida klassik şaxmat böyiça nufuzli turnir bölib ötadi va uşbu turnirda özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham iştirok etadi. Bu haqda “UzÇess” loyihasi matbuot xizmati xabar berdi.Manbaga köra, “Grand Çess Tour 2025” tasnifiga kiruvçi “Superbet Çess Classic Romania” turnirining mukofot jamğarmasi 350 ming dollarni taşkil qiladi. Dunyoning közga köringan grossmeysterlari qatorida boş sovrin uçun Nodirbek Abdusattorov ham bahs olib boradi.
Qayd etiş joiz, musobaqada amaldagi jahon çempioni hindistonlik Gukeş Dommaraju ham iştirok etadi. Şuningdek, Fabiano Karuana, Rameşbabu Praggnanandxa, Alireza Firuzdja, Uesli, Levon Aronyan, Yan-Kriştoff Duda, Maksim Vaşe-Lagrav va mezbonlar vakili Bogdan Daniel Dik bahslarga kirişadi.
Malumot örnida turnir ğolibi 9 turda qayd etilgan natijalarga köra aniqlanadi.