Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” çempioni böldi
7-03-2026, 14:15
70 марта

Nodirbek Abdusattorov “Prague Masters” çempioni böldi
Keça, 6 mart kuni Çexiya poytaxti Praga şahri mezbonlik qilayotgan şaxmat böyiça Praga xalqaro şaxmat festivali turniri yakunlandi. Unda özbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqa ğolibligini qölga kiritdi.9 tur yakuniga köra, Abdusattorov 6 oçko jamğardi. Jumladan, u amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju ustidan ham ğalaba qozondi.
Turnir davomida uzoq vaqt yetakçilik qilgan niderlandiyalik şaxmatçi Yorden van Forest esa sönggi ikki turda mağlubiyatga uçrab, birinçi örin uçun imkoniyatini boy berdi. Şu tariqa, Abdusattoriv uşbu turnir ğolibligini qölga kiritdi.
Qayd etiş joiz, bu Nodirbekning Pragadagi ikkinçi çempionligi bölib, u bundan avval ham 2024 yilda uşbu nufuzli turnirda zafar quçgan edi.