USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲ USD: 11,973 söm ▲ EUR: 13,437 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 16,113 söm ▲ CNY: 1,796 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 239 söm ▲ AED: 3,260 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

TEPE Sigeman şaxmat turniri. Nodirbek Abdusattorov musobaqani ğalaba bilan boşladi

138 марта

TEPE Sigeman şaxmat turniri. Nodirbek Abdusattorov musobaqani ğalaba bilan boşladi

Manba: Tata Steel Çess
Nodirbek Abdusattorov şaxmat böyiça nufuzli TEPE Sigeman turniridagi iştirokini ğalaba bilan boşladi. U ilk turda qora donalarda xitoylik ayol grossmeyster Ju Jinerni mağlub etdi. Bahs 37-yurişda yakunlandi.

Özbekistonning birinçi raqamli şaxmatçisi 2-turda amerikalik Endi Vudvardga qarşi dona suradi. Abdusattorov 3-turda dunyoning birinçi raqamli şaxmatçisi hioblangan Magnus Karlsen bilan bahs olib boradi.


Musobaqa 1–7 may kunlari Şvetsiyaning Malmyo şahrida bölib ötadi. Uşbu turnirda Nodirbek Abdusattorovdan taşqari Magnus Karlsen (Norvegiya), Arjun Erigaisi (Hindiston), Jorden van Forest (Niderlandiya), Nils Grandelius (Şvetsiya), Yağiz Kaan Erdoğmus (Turkiya), Endi Vudvard (AQŞ) va Ju Jiner (Xitoy) iştirok etmoqda.

Vaqt nazorati va öziga xos qoidalar
Turnir klassik şaxmat qoidalariga köra, quyidagi vaqt nazoratida ötkaziladi:
  • Dastlabki 40 ta yuriş uçun 90 daqiqa;
  • Öyin oxirigaça esa yana 30 daqiqa vaqt beriladi;
  • Birinçi yurişdan boşlab har bir yuriş uçun 30 soniya qöşib boriladi.
Musobaqada "Malmyo qoidalari" amal qiladi — unga köra, öyinçilar 40-yurişga qadar özaro durangga kelişişlari taqiqlanadi.
Musobaqa formati
8 nafar iştirokçi 7 ta tur davomida aylanma (raund-robin) tizimida bir-biriga qarşi bahs olib boradi.
Malumot uçun, uşbu turnirda ketma-ket ikki yildan buyon özbekistonlik şaxmatçilar ğalaba qozongan. 2024 yilda Nodirbek Abdusattorov, 2025 yilda esa Javohir Sindorov çempionlikni qölga kiritgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: