Tarixda ilk bor ikki özbekistonlik şaxmatçi top-10 reytingiga kirdi
8-03-2026, 18:51
368 марта

Tarixda ilk bor ikki özbekistonlik şaxmatçi top-10 reytingiga kirdi
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov klassik şaxmat böyiça dunyo onlayn reytingda jahonning eng kuçli 10 nafar şaxmatçisi qatoridan joy oldi.Sönggi yangilanişlarga köra, amerikalik grossmeyster Uesli So Amerika Kubogi turniridagi iştiroki natijasida reytingda 9 oçko yöqotib, kuçli önlikni tark etşan. Natijada Sindarov reyting jadvalida yuqoriga kötarilib, top-10 talikka kirişga muvaffaq bölgan.
Şu tariqa, tarixda ilk bor ikki nafar özbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov — bir vaqtning özida klassik şaxmat böyiça jahonning top-10 reytingidan joy oldi.
Hozirgi onlayn reyting jadvalida esa norvegiyalik sobiq jahon çempioni Magnus Karlsen yetakçilikni saqlab turibdi. Ikkinçi poğonada amerikalik grossmeyster Xikaru Nakamura bormoqda.