ÖzLiDeP loyihasi doirasida Xorazmning çekka mahallalarida 3000 dan ziyod tadbirkor ayol kaşf etildi
Xorazmning çekka mahallalarida ham öz işini yölga qöygan, oilasi daromadini oşirayotgan, yangi iş örinlari yaratayotgan ayollar bor. Faqat ularning barçasi ham öz faoliyatini keng jamoatçilikka namoyiş etiş imkoniga ega emas.
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi taşabbusi bilan “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida “Işbilarmon ayol” tanlovi ana şunday tadbirkorlarni izlab topiş, ularning tajribasini ommalaştiriş va qöllab-quvvatlaşga xizmat qilmoqda.
Bu safar tanlovning Xorazm viloyati bosqiçida natijalar etiborga molik. 500 dan ortiq mahalla va tadbirkorlik subektlarida ötkazilgan saralaşlarda 3054 nafardan ziyod işbilarmon xotin-qizlar iştirok etdi. Ular orasidan 13 nafar tadbirkor ayol viloyat bosqiçiga yöllanma oldi.
Etiborlisi, tanlov faqat yirik şaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni emas, mahallalarda öz mehnati bilan iş boşlagan xotin-qizlarni ham keng maydonga olib çiqmoqda. Kimdir mehmonxona biznesini rivojlantiryapti, kimdir fermerlik bilan şuğullanmoqda, yana kimdir töqimaçilik va mahalliy işlab çiqariş orqali yangi iş örinlari yaratmoqda.
Viloyat bosqiçida Xiva şahridagi “Khiva Plaza” MÇJ rahbari Lola Mirzayeva birinçi örinni egalladi. Uning korxonasida 150 nafar xodim mehnat qilmoqda. Ikkinçi örinni “Şovot-Qumtepa” fermer xöjaligi rahbari Oyçehra Tohirova egalladi. U rahbarlik qilayotgan xöjalikda şifobaxş giyohlar yetiştiriş yölga qöyilgan.
Uçinçi öringa sazovor bölgan “Marjona tekstil” MÇJ rahbari Dilafröz Bekjanova esa 70 nafar xotin-qizni doimiy iş bilan taminlagan. Korxona ötgan yili Rossiyaga 200 ming AQŞ dollarlik bolalar kiyimlarini eksport qilgan.
Bu raqamlar ortida oddiy bir haqiqat bor: tadbirkorlik salohiyati faqat katta şaharlarda emas, har bir mahallada bor. Uni topiş, qöllab-quvvatlaş va ommalaştiriş muhim.
“Işbilarmon ayol” tanlovi orqali ana şu salohiyatni yuzaga çiqariş, mahallalarda öz biznesini yölga qöygan xotin-qizlarni keng jamoatçilikka tanitiş va ularning tajribasini boşqalarga namuna qilişga etibor qaratilmoqda.