“Xalqning puli işlatib yuborildi”. Mahmud Usmon IMAN Holding böyiça yangi malumotlarni oçiqladi
Avvalroq, Islom moliyasini muvofiqlaştiriş kengaşi vakili Mahmud Usmon özining rasmiy sahifasida bayonot berib, “Iman Invest” kompaniyasi faoliyatidagi moliyaviy tafovutlar va investorlar mablağlari bilan boğliq muammolarni oçiqlagan, xususan, kompaniyaning 70 million dollarlik portfelida 20 million dollar kamomad borligini bildirgan edi. Şundan söng, IMAN Holding rahbariyati uşbu iddaolarga munosabat bildirib, keltirilgan summani bevosita zarar sifatida baholaş notöğri ekanini takidlagandi.
Bu bayonotdan keyin Mahmud Usmon IMAN Holding rahbarining munosabatiga javoban özining navbatdagi rasmiy bayonotini elon qildi.
Kamomad miqdori qanday aniqlangan?
Mahmud Usmon 20 million dollarlik kamomad haqidagi raqam şaxsiy hisob-kitobi emasligini yuildirdi. Uning sözlariga köra, bu körsatkiç mutaxassislar tomonidan amalga oşirilgan hisob-kitoblar natijasida kelib çiqqan. Uşbu malumotlarni mutaxassislar taqdim etgan hujjatlar va taftiş komissiyasi yiğilişlarining yozuvlari orqali tasdiqlaş mumkin.
“Hujjatlarda 20 million dollar kamomad bor deb aytilgan. Bu mening gapim emas, men moliyaçi emasman. Moliyaçi odamlar 20 million dollar kamomad bor degan”, deydi u.
Uning qayd etişiça, kengaşda mavjud hujjatlarni ikki guruhga ajratiş mumkin. Birinçi guruhga taftiş komissiyasi va auditorlarning öz faoliyatiga tegişli hujjatlari kirsa, ikkinçisi IMAN Holdinğning içki moliyaviy malumotlaridan iborat.
Mahmud Usmon kompaniyaning içki hujjatlari maxfiylik kelişuvi tufayli hozirça elon qilinmaganini bildirgan. Şu bilan birga, IMAN Holding ruxsat bergan taqdirda, ularni taqdim etişga tayyorligini aytgan.
Uning fikriça, kamomadning aniq miqdorini belgilaş uçun kompaniyaning investorlar oldidagi umumiy majburiyatlari uning bu majburiyatlarni qoplay oladigan haqiqiy sof aktivlari bilan taqqoslanişi kerak. Bu jarayonni mustaqil auditorlar yoki vakolatli davlat organlari ham amalga oşirişi mumkin.
Investorlar mablağiga avtomobil xarid qilingani haqida
Mahmud Usmon kompaniya mablağlari hisobidan avtomobil sotib olinişi bilan boğliq holatni ham tilga oldi. Uning davo qilişiça, buning uçun alohida masuliyati çeklangan jamiyat taşkil etilgan va unga investorlar mablağlaridan taxminan 128 ming dollar ötkazilgan.
Avtomobildan bir neça oy foydalanilganiga qaramay, bu davr uçun tölov qilinmagan. Şuningdek, operatsiya böyiça yozma savdo şartnomasi ham tuzilmagan.
Mahmud Usmonning aytişiça, holat taftiş komissiyasi tomonidan aniqlanganidan keyin avtomobilni sotiş va mablağni qaytariş talabi qöyilgan. Pul keyinçalik qaytarilgan, ammo investorlar mablağidan foydalanilgan davr uçun olinişi mumkin bölgan daromad masalasi hal etilmay qolgan.
“U maşina puli qaytarilgan, foydasi-çi? U xalqning puli bölgan, xalqning puli bir joyga olib qöyildi, işlatib yuborildi”, dedi Mahmud Usmon.
Bundan taşqari, u kompaniyaga aloqador boşqa avtomobillar hamda ön oy davomida haq tölanmasdan foydalanilgan xonadon masalasiga etibor qaratgan. Uning aytişiça, bu boradagi asosiy etirozlardan biri mazkur operatsiyalar haqida şariy nazorat kengaşiga malumot berilmagani bilan boğliq.
2,97 million dollarlik qarz masalasi
IMAN Holding öz bayonotida boşqaruv kompaniyasining 2,97 million dollar qarzi borligini ham qayd etgan edi. Mahmud Usmon uşbu malumotga ham izoh berdi. Uning tuşuntirişiça, investorlar mablağlari saqlanadigan kommandit şirkat bilan uşbu mablağlarni boşqaruvçi masuliyati çeklangan jamiyat alohida tuzilmalar hisoblanadi.
Boşqaruv kompaniyasining investorlar uçun ajratilgan mablağlardan foydalanişi masalasiga töxtalar ekan, Mahmud Usmon uşbu pullar iş haqi, ijara, tadbirlar va boşqa operatsion xarajatlarga sarflanganini aytdi. Uning fikriça, bunday mablağlarni kompaniyaning qarzi sifatida körsatiş töğri emas va bu islom moliyasi tamoyillariga zid hisoblanadi.
Mahmud Usmonning takidlaşiça, 2,9 million dollar investorlar mablağlaridan foydalanilgan jami summa emas, balki hozirgaça qaytarilmagan mablağlar qoldiğidir. Uning davo qilişiça, bunday amaliyot kompaniyada bir neça yil davomida muntazam kuzatilgan.
“Bu MÇJning foizsiz qarzi emas, MÇJning işlatib yuborib, hali ham tölolmagan xalqning puli”, deydi u.
Muammoli qarzlar böyiça hisob-kitoblar
Usmon IMAN Holding tomonidan muammoli qarzlar uluşiga doir keltirilgan malumotlarni ham şubha ostiga olgan. Uning aytişiça, kompaniya 300 kundan ortiq vaqt davomida qaytarilmagan qarzlarni muammoli deb baholagan va ularning umumiy uluşi 3,5 foiz ekanini bildirgan. Biroq Mahmud Usmon bank amaliyotida muammoli kreditlarni aniqlaş uçun, odatda, tölov muddati 90 kundan ortiqqa keçikkan holatlar mezon sifatida olinişiga etibor qaratgan.
Uning fikriça, qarzlarni turli muddatlar asosida baholaş kompaniyaning moliyaviy holati haqida notöğri tasavvur uyğotişi mumkin. Agar tölovi 90 kundan ortiq muddatga keçikkan qarzlar ham hisobga olinsa, muammoli qarzlar hajmi ança yuqori bölişi mumkin.
Şuningdek, Usmon ayrim qaytarilmagan mablağlar investorlarga daromad sifatida hisoblangani va tarqatilganini davo qildi. Uning tuşuntirişiça, bunday vaziyatda avvalgi investorlarga tölangan daromadning bir qismi keyinçalik kompaniyaga kiritilgan yangi investorlar mablağlari hisobidan qoplangan bölişi mumkin. U mazkur holatni kompaniya faoliyatidagi jiddiy muammolardan biri sifatida körsatgan.
“Muammoli qarzlarning özi muammo emas, muammoli qarzlarning allaqaçon daromad hisoblanib, odamlarga tarqatib bölingani muammo”, deydi u.
SAFE şartnomalari böyiça etirozlar
Mahmud Usmon kompaniya tomonidan SAFE (Simple Agreement for Future Equity) şartnomalari asosida mablağ jalb qilingani yuzasidan ham bir qator etirozlarni bildirdi. Uşbu şartnomalar investorga kelgusida kompaniyadan uluş oliş imkonini beruvçi moliyalaştiriş kelişuvlaridir.
Uning aytişiça, kompaniya rahbari mazkur şartnomalar orqali bir neça million dollar mablağ jalb qilgan bölsa-da, ayrim investorlar hanuzgaça rasmiy uluşdor sifatida röyxatdan ötkazilmagan.
Usmon bunday kelişuvlarda qarz va kelgusidagi uluş beriş mexanizmlari birlaştirilganini, bu esa islom moliyasi talablariga muvofiq emasligini takidlagan. Şuningdek, uning davo qilişiça, şartnomalarning ayrimlari bir neça yil avval tuzilgan bölsa-da, şariy nazorat kengaşi bilan kelişilmagan.
Mahmud Usmon kompaniya faoliyatini islom moliyasi tamoyillariga moslaştiriş uçun uşbu kelişuvlarni qayta körib çiqiş, şuningdek, investorlarning huquqiy maqomini aniq belgilaş lozimligini qayd etdi.
Yangi ommaviy oferta şartlari ham savol ostida
Kompaniyaning yangi ommaviy oferta hujjati ham Mahmud Usmonning etirozlariga sabab bölgan. Uning malum qilişiça, hujjatga investorlar kiritgan mablağlarning bir qismi yoki töliq yöqotilişi mumkinligini nazarda tutuvçi 9.5-band kiritilgan.
Uşbu özgarişlar avvaldan kompaniya bilan hamkorlik qilib kelayotgan investorlarga bir tomonlama tatbiq etilmasligi kerak, deb hisoblaydi Usmon.
Bundan taşqari, u yangi ofertaning rasmiylaştirilgan sanasiga ham etibor qaratgan. Uning sözlariga köra, hujjatda sentyabr oyi körsatilgan bölsa-da, yangi şartlar foydalanuvçilarga oktyabr oyida, kengaş hamkorlikni töxtatgani haqidagi bayonotdan keyin taqdim etilgan. Şu munosabat bilan Mahmud Usmon hujjatning haqiqiy tuzilgan sanasini aniqlaş uçun tegişli ekspertiza ötkaziş zarurligini bildirgan.