Fuqaro va davlat örtasidagi nizolar: mamuriy sudlovda nimalar özgaradi?
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Mamuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeksning yangi tahririni tasdiqlaşga qaratilgan qonunni qabul qildi. Hujjat Senatga yuborildi. Hujjatda jamoaviy davo institutini joriy etiş, sudning işni körib çiqişdagi faol rolini kuçaytiriş va sud qarorlari ijrosini taminlaşga oid takliflar nazarda tutilgan.
Xöş, davlat idorasining qaroriga rozi bölmagan fuqaro qayerga murojaat qilişi kerak? Agar tadbirkorning qonuniy manfaatlari mamuriy organ qarori tufayli buzilsa, u öz huquqlarini qanday himoya qilişi mumkin? Eng muhimi, sud haq bölgan tomonni aniqlaganidan keyin qabul qilingan qarorning bajarilişi qanday taminlanadi?
Bu kabi savollar mamuriy sudlov tizimining naqadar muhim ekanini körsatadi. Zero, fuqaro va davlat organi örtasidagi nizoda gap şunçaki bir qaror yoki hujjat haqida emas, balki insonning huquqi, qonuniy manfaati va davlatga bölgan işonçi haqida boradi.
Mamuriy nizolarning öziga xos jihati şundaki, ularda bir tomonda davlat organi yoki mansabdor şaxs, ikkinçi tomonda esa fuqaro yoxud tadbirkor iştirok etadi. Davlat idorasida hujjatlar, malumotlar va mutaxassislar bölişi mumkin. Fuqaro esa öz talabini asoslaş uçun zarur malumotlarni olişda qiyinçilikka duç kelişi ehtimoldan xoli emas.
Bunday vaziyatda sudning vazifasi taraflar taqdim etgan hujjatlarni formal tekşiriş bilan çeklanmasligi lozim. Nizoning haqiqiy holatlarini aniqlaş, iş uçun ahamiyatli dalillarni talab qilib oliş va har ikki tomonning vajlariga xolis huquqiy baho beriş adolatli qaror qabul qilişda hal qiluvçi ahamiyatga ega.
Qonun loyihasida aynan şu masalaga alohida etibor qaratilgan. Unda mamuriy sud işlarini yuritişda sudning faol iştiroki printsipini qöllaş mexanizmlarini kengaytiriş nazarda tutilmoqda.
Bu, sud fuqaro yoki davlat organi tarafini oladi, degani emas. Aksinça, sudning mustaqilligi va xolisligini saqlagan holda işning barça muhim jihatlarini töliq örganiş, taraflarning protsessual huquqlarini taminlaş va qonuniy qaror qabul qiliş uçun zarur şaroit yaratişni anglatadi.
Bir xil muammoga duç kelganlar jamoaviy davo bilan murojaat qilişi mumkin
Qonundagi muhim yangiliklardan yana biri – jamoaviy davo (class action) institutini joriy etişdir.
Tasavvur qilaylik, muayyan mamuriy qaror bir vaqtning özida köplab fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladi. Har bir şaxsning alohida murojaat qilişi vaqt va mablağ talab etadi. Bunday holatlarda jamoaviy davo mexanizmi öxşaş huquqiy manfaatlarga ega şaxslarning sud orqali himoyalanişini yengillaştirişi mumkin.
Qonunda jamoaviy murojaat qilişning asoslari, şartlari va tartibi belgilanib, davo turlari aniqlaştirildi. Bu bir xil huquqiy muammoga duç kelgan şaxslarning öz manfaatlarini sudda birgalikda himoya qilişi uçun huquqiy asos yaratadi.
Yana bir muhim jihat. Sud fuqaro yoki tadbirkorning haqligini etirof etgani bilan uning huquqi har doim ham amalda tiklanib qolmaydi. Buning uçun sud qarori öz vaqtida va töliq ijro etilişi kerak.
Şu sababli, loyihada davlat organlari tomonidan sud hujjatlarini ijro etişning tasirçan mexanizmlarini joriy qilişga alohida etibor qaratilgan. Şuningdek, işlarni körib çiqiş muddatlarini aniqlaştiriş va arizalarni qabul qiliş, qaytariş yoki körmasdan qoldiriş asoslarini takomillaştiriş taklif etilmoqda.
Bu özgarişlarning ahamiyati şundaki, huquqiy himoya faqat sudda qaror qabul qilinişi bilan çeklanmasligi, balki buzilgan huquqning amalda tiklanişiga ham xizmat qilişi lozim.
Qonunda fuqarolar va tadbirkorlarning mamuriy hujjatlarga bölgan işonçini himoya qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş, arizani qabul qilişni rad etiş, uni körmasdan qoldiriş yoki qaytariş asoslarini aniqlaştiriş, şuningdek, prokurorning mamuriy sud işlaridagi iştirokiga oid normalarni xalqaro standartlar asosida takomillaştiriş ham nazarda tutilgan.
Bularning barçasi mamuriy sudlov jarayonida huquqiy aniqlikni oşiriş, işlarni körib çiqişda asossiz tösiqlarni kamaytiriş va protsessual adolatni taminlaşga qaratilgan.
Malumotlarga köra, 2017–2026 yillarda mamuriy sudlar qariyb 150 mingta işni körib çiqqan. Şundan 55 foiz holatda fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklangan. Şuningdek, huquqbuzarlik holatlari böyiça qariyb 27 mingta xususiy ajrim çiqarilgan.
Bu raqamlar mamuriy sudlarning fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilişdagi örnini körsatadi. Ayni paytda davlat organlari faoliyati ustidan sud nazoratini yanada kuçaytiriş, sud qarorlarining ijrosini taminlaş va mamuriy nizolarni hal etiş tartibini takomillaştiriş zarurati saqlanib qolmoqda.
Qonunning Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilişi – mamuriy sudlov tizimini takomillaştiriş yölidagi muhim qadamdir. Unda nazarda tutilgan özgarişlar, avvalo, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, sud qarorlarining samarali ijrosini taminlaş va davlat organlari faoliyati ustidan sud nazoratini kuçaytirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Şaxnoza Joldasova,
Qonunçilik palatasi deputati