USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Endi sudga bormagan mansabdor şaxslar jazolanişi mumkin

251 марта

Endi sudga bormagan mansabdor şaxslar jazolanişi mumkin

Özbekistonda asossiz sabablar bilan sudga bormagan mansabdor şaxslarga nisbatan sud jarimalari qöllanilişi mumkin. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida malum qilingan fuqarolar va tadbirkorlar uçun iqtisodiy hamda mamuriy sudlarga murojaat qilişda qulay şart-şaroitlar yaratişga qaratilgan qonun loyihasida söz boradi. 

Loyixaga mamuriy sud işlarini yuritiş tizimini tubdan isloh qiliş, uni zamonaviy va xalqaro standartlarga mos mexanizmlar bilan boyitişni nazarda tutadi. Xususan, Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks, Mamuriy sud işlarini yuritiş töğrisidagi kodeks hamda “Davlat boji töğrisida”gi qonunga qator özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi rejalaştirilmoqda.

Loyihaga muvofiq, davlat organining qarori yoki hujjatiga işonib, vijdonan harakat qilgan fuqaro yoki tadbirkorning huquqlari qatiy himoya qilinadi. Davlat organi xatosi uçun halol faoliyat yuritgan şaxs javobgarlikka tortilmasligi qonun darajasida mustahkamlanmoqda.

Qonun loyihasidagi eng muhim yangiliklardan biri – davlat organlari mansabdor şaxslarining sud majlislarida iştirok etişi majburiy etib belgilanmoqda. Endilikda asossiz sabablarga köra sud majlislariga bormagan mansabdor şaxslarga nisbatan sud jarimalari qöllanilişi nazarda tutilmoqda. Bu çora davlat organlari masuliyatini oşiriş, sud jarayonlarida haqiqiy tortişuv va oçiqlikni taminlaşga xizmat qilişi takidlangan.

Şuningdek, mamuriy sud işlarini yuritişda dastlabki eşituv instituti joriy etilmoqda. Uşbu bosqiç sud muhokamasigaça dalillarni töplaş, davo talablarini aniqlaştiriş va taraflarni keliştiriş imkonini beradi. Natijada işlarni körib çiqiş muddati qisqarib, sud xarajatlari kamayişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, sudga hurmatsizlik qilganlik yoki sudning xususiy ajrimlarini bajarmaganlik uçun mamuriy javobgarlikka tortiş vakolatini bevosita mamuriy sudlarning öziga beriş taklif etilmoqda. Bu sud hokimiyatining nufuzi va tasirçanligini yanada kuçaytirişi kutilmoqda.

Yiğilişda yana bir muhim masala — qarzdorlar uçun sud xarajatlarini yengillaştirişga qaratilgan norma muhokama qilingan. Qonun loyihasiga köra, agar kreditor, davlat soliq xizmati organi yoki boşqa vakolatli idora tomonidan qarzdorga nisbatan tölovga qobiliyatsizlik böyiça iş qözğatilsa va uşbu iş alohida tartibda körilmasdan qoldirilsa, qarzdor tomonidan tölangan davlat boji qaytariladi. Bu takroriy arizalar bilan boğliq ortiqça moliyaviy xarajatlarning oldini olişga qaratilgan.

Muhokama yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan kontseptual jihatdan maqullanib, birinçi öqişda qabul qilindi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: