Eronliklar AQŞga kelişi mumkin, ammo biz heç qayerga bormaymiz – Tramp
27-04-2026, 13:52
126 марта

Eronliklar AQŞga kelişi mumkin, ammo biz heç qayerga bormaymiz – Tramp
AQŞ Prezidenti Donald Tramp AQŞ bundan buyon Pokistonda Eron bilan muzokaralar uçun delegatsiya yubormasligini malum qildi. Bu haqda u “Fox News” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.“Agar Eron muzokara qilişni istasa, ular AQŞga özlari kelişi yoki telefon orqali boğlanişi mumkin”, degan Oq uy rahbari.Trampning takidlaşiça, AQŞ endi vakillarini 18 soatlik uzoq safarga yuborib, samarasiz uçraşuvlar ötkazmaydi.
8 apreldan buyon AQŞ va Eron örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvi amal qilmoqda. Tramp bu kelişuvni nomalum muddatga uzaytirganini, yani Eron rahbariyati yagona va aniq taklif işlab çiqmagunça amal qilişini bildirgan. Şu bilan birga, AQŞ Hormuz böğozida joriy etilgan dengiz blokadasini davom ettirişini ham aytgan.
11–12 aprel kunlari Pokistonda AQŞ va Eron delegatsiyalari örtasida muzokaralar ötkazilgan, biroq ular heç qanday kelişuvsiz yakunlangan. 25 aprel kuni Tramp öz maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kuşnerning Islomobodga navbatdagi muzokaralar uçun safarini bekor qilganini elon qilgan.
“Eron vakillari agar xohlasa, özlari boğlanişi mumkin, amerikalik elçilar esa endi 18 soat uçib borib, bekorga gaplaşib ötirmaydi”, degan Tramp.