Eron supertankeri AQŞ blokadasini yorib ötdi
16-04-2026, 13:27
279 марта

Eron supertankeri AQŞ blokadasini yorib ötdi
Eronga tegişli juda katta neft tankeri (VLCC) AQŞ tomonidan joriy etilgan dengiz blokadasini muvaffaqiyatli kesib ötdi. Bu haqda “Fars” agentligi xabar berdi.Malum qilinişiça, 2 million barrel neft taşiş imkoniga ega supertanker heç qanday tösiqlarsiz öz manziliga yetib borgan. Sanktsiyalar ostida bölgan uşbu kema oçiq dengiz orqali harakatlanib, Hormuz böğozidan ötgan va Eron suv hududiga kirganda pozitsiyalaş tizimini yoqqan.
AQŞ va Isroil harbiy amaliyoti boşlanganidan söng, Eron Hormuz böğozi orqali harakatni çeklaşini elon qilgan edi. Blokada jahon neft narxlarining oşişiga olib kelgan, ammo keyinçalik AQŞ va Eron örtasida ikki haftalik vaqtinçalik sulh kelişuvi elon qilingaç, narxlar pasaygan.
Tomonlar örtasidagi muzokaralar Pokistonda ötkazilgan, biroq kelişuvga erişilmagan.
AQŞ joriy yilning 13 aprelidan boşlab Hormuz böğozini blokada qilganini elon qilgan va 15 aprel holatiga köra, heç bir kema bu tösiqni yorib öta olmaganini bildirgan edi.
Tehron esa bu blokadani “muvaffaqiyatsiz” deb baholagan. Şuningdek, Rossiya, Xitoy va Buyuk Britaniya kabi davlatlar ham bu çoraga qarşi çiqişgan.
“The Wall Street Journal” malumotiga köra, Saudiya Arabistoni va boşqa neft eksport qiluvçi davlatlar AQŞga bosim ötkazib, blokadani bekor qilişni talab qilmoqda. Ular Eron husiylar orqali Bab-el-Mandeb böğozini ham yopib qöyişidan xavotir olişmoqda.