Saudiya Arabistoni AQŞdan Hormuz blokadasini töxtatişni talab qilmoqda — WSJ
15-04-2026, 14:49
63 марта

Saudiya Arabistoni AQŞdan Hormuz blokadasini töxtatişni talab qilmoqda — WSJ
Manbalarga köra, Saudiya Arabistoni blokada Erondagi vaziyatni keskinlaştirişi va muhim yuk taşiş yöllarini izdan çiqarişidan xavotirda. Blokada Eronning allaqaçon zaiflaşgan iqtisodiyotiga bosimni kuçaytirişga qaratilgan. Biroq rasmiylar Eron bunga javoban Bob al-Mandab böğozini yopişi mumkinligini aytmoqda. Qizil dengizdagi uşbu yölak Saudiyaning neft eksporti uçun muhim ahamiyatga ega.
Sönggi paytlarda qirollik blokadaga qaramay, öz neftini çöl orqali Qizil dengizga yetkazib beriş orqali neft eksportini uruşdan oldingi darajaga yetkazdi. Xususan, kuniga taxminan yetti million barrelga qaytarişga muvaffaq böldi. Agar Qizil dengizning çiqiş yöli ham yopilsa, bu taminot xavf ostida qoladi.
Eronning Yamandagi ittifoqçilari bölgan husiylar Bob al-Mandab yaqinidagi qirğoq hududining katta qismini nazorat qiladi. Ular Ğazo mojarosi vaqtida bu suv yölagida harakatni çeklagan. Arab rasmiylariga köra, Eron hozir husiylarga böğozni yana yopiş uçun bosim ötkazmoqda.
“Agar Eron Bob al-Mandabni yopişni istasa, husiylar buni amalga oşirişda hamkor hisoblanadi va ularning Ğazo mojarosiga javobi buni amalga oşiriş qobiliyatiga ega ekanini körsatadi”, dedi Vaşingtondagi New America siyosiy instituti xodimi, Yaman böyiça ekspert Adam Baron.Mintaqaviy rasmiylarning aytişiça, Fors körfazi davlatlari, xususan, Saudiya Arabistoni, uruş yakunida Hormuz böğozi Eron nazoratida qolişini istamaydi. Şunga qaramay, ular AQŞ masalani diplomatik yöl bilan hal qilişga undab, muzokaralarni qayta tiklaşga harakat qilmoqda.
Bob al-Mandab böğozi Yaman va Afrika qitasining şimoli-şarqiy qismi örtasidagi tor dengiz yölagi bölib, Qizil dengizni Hind okeani bilan boğlaydi. Nomi “Köz yoşlari darvozasi” degan manoni anglatadi. Uşbu böğoz Suvayş kanaliga olib çiqadi va Osiyo hamda Yevropa örtasida qatnovçi kemalar uçun eng muhim strategik yöllardan biri hisoblanadi.